Page 190 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 190
mg/g kislorodning sarflanishini ko‘rsatadi. Demak, mikroorganizmlar
o‘simliklarga nisbatan ko‘p miqdorda kislorodni iste’mol qilar ekan.
Mikroorganizmlar kislorodni iste’mol qilishga bo‘lgan munosabatiga
qarab quyidagi turlarga bo‘linadi: aerob mikroorganizmlar - o‘zlarining
hayotiy faoliyatlari davomida erkin kiloroddan foydalanadi; anaerob – bu
mikroorganizmlar uchun erkin kislorodning tuproq havosi tarkibida
bo‘lishi shart emas, ular o‘zlarining faoliyatlarida tarkibida kislorod
saqlovchi moddalarni parchalash jarayonida hosil bo‘lgan kislorodni
iste’mol qiladi. Uchinchi guruh mikroorganizmlar – o‘tkinchi guruhni
tashkil etib, bular ham o‘z navbatida – fakultativ anaerob, ya’ni o‘zi
anaerob sharoitga moslashgan bo‘lishga qaramasdan ko‘p miqdordagi
erkin kislorodli muhitda ham yashay oladi va nihoyat mikroaerofil, ya’ni
tuproq havosida kislorod juda ham past (3% va undan kam) bo‘lgan
sharoitda ham yashay oladigan (masalan, serobakteriyalar)
mikroorganizmlardir.
Demak, tuproq havosi tarkibi doimiy o‘zgarishda bo‘ladi. Bu esa o‘z
navbatida tuproq havosini muttasil atmosfera havosi bilan almashlanib
turishini ta’minlaydi. Gazlar almashinishi - tuproq havosini tashkil
qiluvchi ayrim gazlarni (masalan, kislorodni karbonat angidrid va h.k)
atmosferadagi shunday gazlar bilan almashinishi kabi hodisalarni o‘z
ichiga oladi. Birinchi hodisa tuproqning nafas olishi deb yuritiladi.
Tuproqda gaz almashinish diffuziya hodisasi asosida boradi. Fik
qonuniga bo‘ysunadi va uning harakatini quyidagi formula orqali
tushuntirish mumkin:
dm = - DS d e d
d x t
Bu erda,
dm – harakatlangan gaz miqdori;
D – diffuziya koeffitsienti;
S – diffuziya ro‘yobga chiqadigan maydon;
de - gaz konsentratsiyasi gradienti, ya’ni gaz konsentratsiyasining
dx
uzunlik birligidagi yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgarishi;
dt – diffuziya davom etgan vaqt.
2
Miqdor jihatdan diffuziya 1 sm yuzadan 1 sek davomida (gaz
gradienti konsentratsiyasi birga teng bo‘lganda) o‘tgan gaz miqdoriga
tengdir. Formuladagi minus ishorasi diffuziya gazlar bosimi yoki
konsentratsiyasi kamayayotgan tomonga qarab harakatlanishini ko‘rsatadi.
185