Page 195 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 195
yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lib, bu tuproq aeratsiyasini sekinlashtiradi.
Tuproq havosi tarkibidagi kislorodning miqdori 0-10 sm dagi qatlamda
19,8-19,3 % ni, 75-100 sm qatlamda esa 19,0-17,8 % ni tashkil etadi.
Tuproq havosidagi kislorodning minimal miqdori g‘o‘zaning jadal
rivojlanish davriga to‘g‘ri keladi.
Ko‘pchilik mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda,
o‘simliklarning yaxshi rivojlanishi uchun CO2 ning tuproq havosidagi
miqdori 1 % dan oshmasligi kerak. SHunday qilib, eskidan sug‘orib
kelinadigan tipik bo‘z tuproqlarda aeratsiyaning yomonlashishi natijasida
patogen mikrofloraning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi, bu o‘z
navbatida, har xil kasalliklarga chalinishiga olib keladi.
Sug‘oriladigan tuproqlarning havo rejimiga polietilen plyonka bilan
mulchalashning ta’siri
Ma’lumki, tuproqning havo rejimi gidrotermik omillarga bog‘liq
bo‘lib tuproq iqlimining tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Karbonat
angidrid gazining hosil bo‘lish jadalligi va kislorodga bo‘lgan ehtiyoj
sezilarli darajada tuproq harorati hamda mikrobiologik jarayonlarning
darajasiga bog‘liqdir. Karbonat angidrid gazining hosil bo‘lish tezligi va
kislorodning kamayishi tuproq namligiga bog‘liq hisoblanadi, quruq
tuproqlarda bu jarayon ancha sekinlashishi yoki butunlash to‘xtashi
kuzatiladi.
Ko‘pchilik olimlarning ta’kidlashicha, tuproq havosidagi CO2 ning
miqdoriga o‘simlik ildizlarining nafas olishi katta ta’sir ko‘rsatadi.
N.T.Konstantinovaning (1950) tadqiqotlariga ko‘ra, tuproqlarni torf,
yog‘och qipig‘i, go‘ng bilan mulchalash tuproqda optimal havo rejimi
yaratilishiga imkon yaratadi. Tuproqlar mulchalanganda CO2 ni oshishi
o‘simliklarning fotosintetik jarayonlariga ijobiy ta’sir etib, tuproqda CO2
ning tanqisligini bartaraf etishga yordam beradi.
A.Karimov (1963) ning tadqiqotlarida aniqlanilishicha, g‘o‘zani
ko‘mir changi va qora qog‘oz bilan mulchalash tuproq havosida
mulchalanmagan variantlarga nisbatan CO2 miqdorini bir necha barobarga
oshiradi. Bu esa o‘z navbatida fotosintez jarayonlarining tezlashishiga,
assimilyasiya organlarini ko‘payishiga va g‘o‘zaning hosildorligini
ortishiga ta’sir etadi.
R.Abduraximovning (1966) ta’kidlashicha, tuproqlarni neft
chiqindilari bilan mulchalash g‘o‘zani ekish vaqtida va 4-5 chin barglari
190