Page 199 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 199

Qalinligi 1 m bo‘lgan qatlam chekkalaridagi haroratlar 1S ga farq

                                                 2
            qilganda,  qatlamning  1  m   yuzidan  1  s  davomida  o‘tadigan  issiqlik

            miqdori,  shu  qatlamning  issiqlik  o‘tkazuvchanlik  koeffitsienti   ga  teng
            bo‘ladi.
                                                                                  o
                                                                                                    o
                   Issiqlik  o‘tkazuvchanlik  koeffitsienti  J/m.s· S  =  Vt/m· S  va
            kal/sm.s· S birliklarda o‘lchanadi.
                        o
                   Tuproqning  issiqlik  o‘tkazuvchanligi  uning  fizik  xossalariga,  ya’ni

            mexanik tarkibiga, tuproqdagi havo tarkibining o‘zgarishiga, namligiga va
            tuproq  g‘ovakligiga,  mineralogik  tarkibiga,  tuproqdagi  organik
            moddalarning  miqdoriga  hamda  suv  va  havoning  hajmiy  ulushlariga
            bog‘liq. Tuproqda suv va havolarning o‘zaro munosabati uzluksiz o‘zgarib

            turganligi uchun 
                                     ham vaqtga nisbatan o‘zgaradi.
                   Tuproq  mayda  zarrachalarining  issiqlik  o‘tkazuvchanligi  tuproq

            havosining  issiqlik  o‘tkazuvchanligidan  100  marta,  suvning  issiqlik
            o‘tkazuvchanligi esa havonikidan 24  marta ko‘pdir. Shuning uchun ham
            nam  tuproqlarning  issiqlik  o‘tkazuvchanligi  quruq  tuproqlarnikiga
            qaraganda har doim yuqori bo‘ladi.

                   Tuproqning  asosiy  issiqlik-fizik  xususiyatlari  (issiqlik  sig‘imi,
            issiqlik  o‘tkazuvchanligi)  dan  tashqari  hosilaviy  issiqlik-fizik  xossalari
            ham mavjud bo‘lib, ular tuproqning harorat o‘tkazuvchanligi va issiqlikni

            o‘zlashtiruvchanligidir.
                   Tuproqning            harorat        o‘tkazuvchanligi.            Tuproq        issiqlik
            o‘tkazuvchanlik  koeffitsienti    ning  tuproq  hajmiy  issiqlik  sig‘imi  sx  ga

            nisbatini harorat o‘tkazuvchanlik koeffitsienti deyiladi va uni k harfi bilan
            belgilanadi, ya’ni:
                                                                  
                                                к                      .
                                                       с х      с   


                                                                                              2
                   Harorat  o‘tkazuvchanlik  koeffitsienti  SI  sistemasida  m /s  birlikda
            o‘lchanadi.  Harorat  o‘tkazuvchanlik  koeffitsienti  issiqlikning  tuproqda

            tarqalish  tezligini  tavsiflaydi.  Yoki  k  koeffitsient  tuproqning  ustki  va
            pastki qatlamlarining harorati qanday tezlik bilan tenglashishini ko‘rsatadi.
                   Tuproq  namligi  ortishi  bilan  issiqlik  o‘tkazuvchanlik  koeffitsienti,
            hajmiy  issiqlik  sig‘imiga  qaraganda  tezroq  ortadi.  Chunki,  tuproq

            zarrachalari o‘rtasida namlik ko‘pincha vositachini boshqaradi va haroratni
            o‘tish  jarayonini  tezlashtiradi.  Shuning  uchun  suvning  harorat
            o‘tkazuvchanlik  koeffitsienti  juda  kamligiga  qaramasdan  nam  tuproqlar,

            quruq  tuproqqa  nisbatan  bir  muncha  yuqori  harorat  o‘tkazuvchanlik

                                                            194
   194   195   196   197   198   199   200   201   202   203   204