Page 196 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 196

hosil bo‘lguncha tuproqning haydalma va haydalma osti qatlamining havo
            rejimini yaxshilaydi.

                   Yuqorida  keltirilganlardan  ko‘rinib  turibdiki,  havo  rejimi  tuproq
            iqlimining  asosiy  elementi  hisoblanib  O‘zbekiston  sharoitida  etarlicha
            o‘rganilmaganligini  hisobga  olgan  holda  Toshkent  vohasida  tarqalgan

            sug‘oriladigan  o‘tloqi  tuproqlar  sharoitida  g‘o‘za  ekishda  tuproq  havo
            rejimiga  polietilen  plyonka  bilan  mulchalashning  ta’sirini  o‘rganish
            bo‘yicha  tadqiqotlar  olib  borildi  (Xalikulov,  Turapov,  1977).  Tadqiqot

            natijalari quyidagi 29-rasmda keltirilgan.
                   Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, nazorat va mulchalangan variantlarda
            O2  va CO2  gazlarining yig‘indisi 21 % dan oshmaydi. Polietilen plyonka
            bilan mulchalash tuproq havosi tarkibiga sezilarli ta’sir etganligi kuzatildi.


            Mulchalangan  variantda  g‘o‘zaning  butun  vegetatsiyasi  davomida  CO2
            miqdoriga nisbatan O2  miqdori kam bo‘ldi, nazorat variantida esa 0-30 sm
            qatlamda O2 miqdori 20 % atrofida bo‘lganligi kuzatildi.

                   Erta bahorda quyi qatlamlar tomon kislorod miqdori keskin kamayib,
            karbonatlar miqdori esa oshib boradi. Keyingi davrlarda (30.05 dan 10.09
            gacha) kislorod miqdori nazorat variantida 0-50 sm qatlamda 19,3-20,6 %,
            pastki  qatlamlarlarda  esa  bu  ko‘rsatkich  kamligicha  qoladi,  boshqa

            holatlarda esa 17,7 % dan kamligi kuzatildi.
                   CO2 miqdori mulchalangan maydonlarda vegetatsiya davomida 0-10
            sm qatlamda 0,3-1,8, 10-30 smda 0,4-5,6, 30-50 smda 0,6-6,8 va 50-70 sm

            qatlamda esa 0,8-10,2 % oralig‘ida o‘zgarib turadi. Faqat sentyabr oyida
            mulchalangan maydondagi O2 va CO2 ning miqdori                        nazorat maydonidagi
            miqdoriga yaqin bo‘lganligi kuzatildi.

                   Nazorat  va  mulchalangan  maydonlarda  g‘o‘zaning  vegetatsiya
            davomida CO2 ning hosil bo‘lishi tuproq haroratiga bog‘liq holda o‘zgarib
            turdi. Ayniqsa, bu holat may oyida yaqqol namoyon bo‘ladi, ya’ni tuproq

            yuzasi  bir  tekis  plyonka  bilan  qoplanganligi  bois  plyonka  ostida  tuproq
            haroratining        oshadi       va     tuproq      mikroorganizmlari           faoliyatining
            kuchayishiga  qulay  imkoniyat  yaratadi.  G‘o‘za  nihollari  paydo  bo‘lishi
            bilan ularning unib chiqishi uchun har bir uyalarda teshiklar hosil qilinadi,

            bu esa CO2 konsentratsiyasining keskin kamayishiga olib keladi.













                                                            191
   191   192   193   194   195   196   197   198   199   200   201