Page 194 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 194

uzluksiz  bo‘lib  turadigan  aeratsiyaning  eng  muhim  va  asosiy  omili
            hisoblanadi. Tuproqdagi mikroorganizmlar va o‘simlik ildizlari kislorodni

            singdirib  CO2  chiqarishi  natijasida  gaz  almashinishi,  ayniqsa  kuchayadi.
            Shuningdek, tuproqda yashaydigan jonivorlar hosil qilgan g‘ovaklar ham
            gaz almashinishini ancha osonlashtiradi.

                   Tuproqda  havo  rejimining  optimal  va  mo‘‘tadil  bo‘lishi
            o‘simliklarning  me’yorida  o‘sib  rivojlanishida  muhim  ahamiyatga  ega.
            SHuning uchun ham tuproqdagi harorat o‘simliklar va mikroorganizmlar

            hayoti  uchun  etarli  miqdorda  bo‘lishiga  jiddiy  e’tibor  berish  kerak.
            Tuproqning  mexanik  va  organik  tarkibini,  strukturasi  va  qovushmasini
            yaxshilash,  havo  rejimini  qulay  sharoitga  keltiradi.  SHuningdek,  ekin
            maydonlarini o‘z vaqtida sifatli qilib ishlash, qatqaloqni yumshatish, ekin

            maydonlarini  chopish  va  kultivatsiya  qilish  singari  agrotexnik  tadbirlar
            ham aeratsiyani va havo rejimini sezilarli darajada yaxshilaydi. Sernam va
            botqoq tuproqlarda esa erlarni quritish va sizot suvlari sathini pasaytirish

            singari melioratsiya tadbirlari qo‘llaniladi.
                   Chigit  ekish  davrida  tuproqning  ustki  (0-20  sm  li)  qatlamida  CO2
            ning  miqdori  tuproq  havosi  hajmining  0,2  %  ga  teng  bo‘lib,  pastki
            qatlamlarda 1 % ni tashkil etadi. Birinchi sug‘orishdan so‘ng (23.VI) CO2

            ning miqdori yuqori qatlamlarda 1,2 % pastki qatlamlarda esa 1,3-1,8 %
            bo‘lishi kuzatilgan.
                   Ikkinchi  va  uchinchi  sug‘orish  oldidan  karbonat  angidridning

            miqdori yuqori qatlamlarda 0,2-0,6 va pastki qatlamlarda 1,6 % kamayib
            ketgan.
                   Xulosa qilib aytganda, sug‘oriladigan gidromorf tuproqlarda uchrab

            turadigan  g‘o‘zaning  “kuzgi”  so‘lish  kasalligi  uning  uchun  noqulay
            bo‘lgan  tuproq  havo  rejimiga  bog‘liqdir.  Havo  rejimining  buzilishi  esa
            g‘o‘za  agrotexnikasi  qoidalariga  rioya  qilmaslik  natijasida  kelib  chiqadi.

            Shuning  uchun  ham  sizot  suvlari  yaqin  bo‘lgan  joylarda  kollektor  va
            drenaj sistemasini yaxshilashga qaratilgan  meliorativ  ishlarni sifatli qilib
            o‘tkazish  zarur.  Tekshirishlar  viltning  tarqalishi  eskidan  sug‘oriladigan
            tipik  bo‘z  va  o‘tloq  tuproqlarda  ko‘p,  yangi  o‘zlashtirilgan  tipik  bo‘z

            tuproqlarda esa ancha kam ekanligini ko‘rsatadi.
                   Har  qanday  tuproq  tipi  ham  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi
            vositasiga  aylangandan  so‘ng  uning  fizik,  kimyoviy  va  boshqa  xossalari

            keskin  o‘zgaradi.  Bunday  tuproqlarda  xossalarning  o‘zgarish  darajasini
            shu  tuproqning  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishiga  o‘tgan  davri  bilan
            belgilanadi.  Shu  sabablarga  ko‘ra  eskidan  sug‘oriladigan  tipik  bo‘z
            tuproqlarning  haydalma  va  haydalma  osti  qatlamlarida  tuproq  zichligi

                                                            189
   189   190   191   192   193   194   195   196   197   198   199