Page 191 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 191

Tuproqdagi  havo  va  gaz  almashinuvi  havo  haroratining,  sizot  suv
            sathining, ayniqsa tuproq namligining, tuproq ustki qatlamlari bilan ostki

            qatlamlari  o‘rtasidagi  haroratning  bir  xil  bo‘lmasligi  va  shamol  ta’sirida
            o‘zgarishlari  bilan  bog‘liqdir.  Tuproq  havosining  atmosfera  havosi  bilan
            almashinuvi  yomonlashsa,  u  holda  odamlar  turli  yo‘llar  bilan,  ba’zilari

            tushunib, ba’zilari esa unchalik tushunmay, tuproqni yumshatish ishlariga
            kirishadilar. Er haydash, uni doimo yumshoq holda saqlab turishga urinish,
            har  galgi  sug‘orishdan  so‘nggi  kultivatsiya,  chopiq  va  boshqa  tadbirlar

            faqat tuproqda normal havo rejimi yaratishga qaratilgan ishlardir.
                   Tuproq havosi juda ko‘p jarayonlarda ishtirok etadi. Undan o‘simlik
            va  jonivorlar  nafas  oladi.  Tuproq  havosi  tarkibining  o‘zgarishi,  o‘z
            navbatida, tuproq eritmasi tarkibining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Masalan,

            organik  moddalarning  parchalanishi  yoki  tuproq  havosining  atmosfera
            havosi  bilan  almashinuvi  (tuproqning  dimiqishi)  va  boshqa  biror  sabab
            bilan tuproq havosida SO2 gazining miqdori ko‘payib qolgudek bo‘lsa, u

            vaqtda shu ondayoq tuproq eritmasida ham erigan SO2 gazining (H2CO3)
            miqdori        ko‘payadi.        Bu       esa      o‘z     navbatida        vodorod         ioni
            konsentratsiyasining  oshishiga,  tuproqdagi  kalsiy  karbonat  va  boshqa
            tuzlarning erishiga, tuproq muhitining nordonlashishiga, shuningdek, qator

            o‘zgarishlarga  sabab  bo‘ladi.  Tuproq  havosida  SO2  gazi  miqdorining
            kamayishi  esa  yuqorida  aytilgan  o‘zgarishlarga  teskari  ta’sir  qiladi.
            Bunday  misollarni  juda  ko‘p  keltirish  mumkin,  chunki  tuproq  havosi,

            tuproq  eritmasi  va  uning  qattiq  fazasi  (kolloid  kompleksi)  o‘rtasida
            mustahkam  bog‘liqlik  bor,  bulardan  ayrimlarining  o‘zgarishi  boshqa
            fazalarning tarkibi va xossalarining o‘zgarishiga olib keladi.

                   Tuproq havosi tarkibini 2 xil yo‘l bilan o‘rganish mumkin: 1) tuproq
            havosini  ajratib  olish  va,  2)  tuproq  havosidagi  kislorod  va  karbonat
            angidrid miqdorini aniqlash orqali.

                   Tuproq  tarkibidagi  havoni  atmosfera  havosi  bilan  almashtirmasdan
            ajratib  olish  eng  murakkab  ish  hisoblanadi.  SHuning  uchun  ham
            tuproqning tabiiy tuzilishini buzmasdan turib uning kovaklaridagi havoni
            ajratishga  mo‘ljallangan  asbob  uskunalar  har  xil  mualliflar  tomonidan

            taklif qilingan. Bulardan ba’zi birlariga to‘xtalib o‘tamiz.
                   F.Yu.Gelser bo‘z  tuproqlarning havo tarkibini o‘rganish  maqsadida
            30-yillardan 1 litrli hajmdagi zanglamaydigan temir silindrini taklif qilgan.

            Silindrning  tagida  diametri  7  mm  bo‘lgan  trubkacha  payvand  qilingan.
            Trubkaning         uchiga       rezinka      shlangasi       kiydirilib      qisqich      bilan
            mahkamlanadi.  Silindrning  ustki  qismi  germetik  berkitiladi.  Mana  shu
            silindr yordamida tuproq kesmasining devorlaridan yoki tuproqning ustki

                                                            186
   186   187   188   189   190   191   192   193   194   195   196