Page 187 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 187

lekin  tuproq  kislorodni  bog‘lovchi  va  karbonat  angidrid  (SO2)  hosil
            qiluvchi  asosiy  manba  bo‘lganligi  uchun  elementar  tarkibi  va

            moddalarning miqdori jihatdan tuproq havosi atmosfera havosidan keskin
            farq  qiladi,  atmosfera  havosi  o‘rtacha  quyidagi  tarkibga  ega  (hajmiga
            nisbatiga % hisobida):

                   N (azot)-78,10;
                   O (kislorod)-20,90;
                   SO2 (karbonat angidrid) - 0,03;

                   Nodir gazlar (ozon, argon va boshqalar) 0,09.
                   Tuproq havosi esa quyidagi tarkibga ega (umumiy hajmiga nisbatan
            foiz hisobida):
                   N (azot) - 79,0;

                   O (kislorod) - 20,3;
                   SO2 (karbonat angidrid)- 0,15 - 0,65;
                   Tuproq  havosi  dastlab  tarkibida  kislorodning  ozligi  va  karbonat

            angidridning  ko‘pligi  bilan  atmosfera  havosidan  farq  qiladi,  Tuproqning
            yuza qatlamlarida karbonat angidridning o‘rtacha miqdori 0,04 % bo‘lsa,
            chuqurroq, qatlamlarida o‘rtacha 0,3 va hattoki zaxkash erlarda 3 % gacha
            bo‘ladi. Tuproq havosida karbonat angidrid ko‘payishi bilan unda kislorod

            kamayadi. Bundan tashqari ozmi - ko‘pmi ammiak, metan, etan, vodorod
            sulfit  (H2S)  va  boshqa  gazlar  ham  bo‘lishi  mumkin.  Tuproq  havosining
            bunday o‘zgarishiga asosiy sabab, birinchidan, o‘simlik ildizlarining nafas

            olishi  bo‘lsa,  ikkinchidan  tuproq  mikroorganizmlarining  hayotiy
            faoliyatidir. Mikroorganizmlar ishtirokida o‘simlik va hayvonlar qoldig‘i
            parchalanar  ekan,  ularning  tarkibiga  kiruvchi  organik  birikmalar  dastlab

            oksidlanadilar.  Bundan  tashqari  kislorod  mikroorganizm  va  boshqa
            jonivorlarning  nafas  olishi  uchun  sarflanadi.  Bunda  eng  oldin
            uglevodlarning  mikroorganizmlar  ishtirokida  quyidagicha  parchalanishi

            kuzatiladi:
                                              S6H12O6→3SO2+3SH4
                   ya’ni,  bunda  karbonat  angidrid  hamda  metan  hosil  bo‘lib  tuproq
            havosining o‘zgarishiga olib keladi.

                   Tuproq  havosida  uchrovchi  NH3,  H2S,  CH3  CH4  kabi  gazlar  erkin
            kislorodi  bo‘lmagan  erda  organik  va  mineral  moddalarning  achishi
            natijasida  hosil  bo‘ladigan  mahsulotlardir.  SHuni  aytish  kerakki,  tuproq

            havosining  tarkibi  o‘simlik  xiliga,  ob-havo  sharoitiga  va  yil  fasllarining
            almashinishiga qarab o‘zgarib boradi. Sizot suvi uzoq joylashgan lalmikor
            erlarning  (tipik  bo‘z  tuproqlar)  tuproq  havosida  SO2  gazining  eng  ko‘p
            miqdori  kech  bahor  va  yoz  oyining  boshlariga  to‘g‘ri  kelsa,  daryo

                                                            182
   182   183   184   185   186   187   188   189   190   191   192