Page 192 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 192

qismidan  namuna  olinadi.  Eng  asosiy  talab  tuproq  tabiiy  holatini
            buzmaslik  hamda  atmosfera  havosini  silindrga  ko‘proq  tushib  qolishini

            bartaraf  qilish  hisoblanadi.  SHu  yo‘l  bilan  laboratoriyaga  olib  kelingan
            tuproq  namunasidan  uning  g‘ovakliklaridagi  havo  so‘rib  olinadi.  Bunda
            CO2 va O2 o‘zida qabul qilib oluvchi kimyoviy yutuvchi moddalar kerak

            bo‘ladi. F.Yu.Gelser tomonidan taklif qilingan tuzilish jihatdan juda sodda
            bo‘lgan apparat orqali tuproq havosi tarkibidagi CO2 gazini 0,1 n va (OH)2
            eritmasiga  o‘tkazish  hamda  uning  konsentratsiyasi  aniq  bo‘lgan  eritma

            bilan titrlash orqali topiladi.
                   P.V.Vershinin va N.P.Polsov tomonidan maxsus bur (igla-bur) yoki
            gaztahlilator – AFI orqali tuproq havosi tarkibini 100 sm chuqurlikkacha
            aniqlash mumkin.


                            §4.8. Tuproqning havo o‘tkazuvchanligi va rejimi


                   Tuproqning  qatlamlari  orqali  havoni  o‘tkazish  qobiliyatiga
            tuproqning  havo  o‘tkazuvchanlik  xossasi  deyiladi.  Bu  muhim  xossa
            tufayli qatlamlardagi tuproq havosining almashinishi uchun qulay sharoit
            tug‘ilib,  aeratsiya  yaxshilanadi.  Natijada  tuproq  havosida  kislorod

            ko‘payib,  karbonat  angidrid  kamayadi.  Donador  strukturali  tuproqlarda
            havo o‘tkazuvchanlik, ayniqsa, yaxshi bo‘ladi, chunki agregatlar oralig‘ida
            nokapillyar  yirik  g‘ovakliklar  agregat  zarralari  orasida  esa  kapillyar

            g‘ovakliklar  bo‘ladi.  SHu  sababli  strukturali  tuproqlarda  suv  va  havo
            rejimi mo‘‘tadil bo‘ladi.
                   Tuproqdagi kislorod. Tuproq havosi o‘simlikning ildiz sistemasini

            va  unib  chiqayotgan  urug‘larni  kislorod  bilan  ta’minlab  turadi.  Kislorod
            etarli  miqdorda  bo‘lmaganda  tuproqning  “nafas”  olishi  qiyinlashadi  va
            o‘simlikning  erkin  o‘sishi  uchun  imkon  bermaydi.  Aeratsiyaning

            yaxshilanishi  bilan  tuprokda  kislorod  ko‘payadi  va  aerobakteriyalar
            faoliyati kuchayadi, o‘simliklarning ildizi yaxshi o‘sadi, tuproqning suv va
            oziq rejimlari yaxshilanadi, hosildorlik yuqori bo‘ladi.
                   Tuproq  havosida  kislorod  20  %  atrofida  bo‘lsa,  o‘simlik  hayoti

            uchun  mo‘‘tadil  sharoit  vujudga  keladi.  Bunda  aeratsiya  jarayoni
            yaxshilanadi, o‘simlik hayotining boshqa omillari ham  me’yorlashadi  va
            tuproqning unumdorligi oshadi.

                   Tuproqdagi karbonat angidrid. Tuproq havosi tarkibidagi karbonat
            angidrid tuproqdagi har xil jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi.
                   Ma’lumki, tuproqda uzluksiz ravishda borayotgan har xil jarayonlar
            tufayli juda ko‘p miqdorda CO2 ajralib atmosferadagi O2 o‘rnini to‘ldirib

                                                            187
   187   188   189   190   191   192   193   194   195   196   197