Page 193 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 193
boradi. Karbonat angidridning tuproq hosil qilish va nurash
jarayonlarining borishidagi geokimyoviy roli ham juda katta. SHuning
uchun birlamchi minerallarning emirilishi, karbonatlar va fosfatlar
eruvchanlik darajasining ko‘tarilishi va to‘planishi jarayonlari tuproq
havosi tarkibidagi CO2 ning miqdoriga bog‘liq. CO2 ning juda ko‘p
miqdorda makro va mikroorganizmlarning faoliyati, organik moddalarning
emirilishi va oksidlanishi tufayli paydo bo‘ladi. Karbonat angidridning
uchdan bir qismigacha bo‘lgan miqdori ko‘p yillik va bir yillik
o‘simliklarning ildizlari orqali ajratiladi. Tuproq havosi tarkibidagi CO2
ning biologik ahamiyati g‘oyat katta.
Agarda CO2 ning tuproq havosidagi miqdori 1 % oshib ketsa,
urug‘larning unib chiqishi va ildiz sistemasining rivojlanish jarayoni
sekinlashadi. Ikkinchidan esa SO2 ning tuproqdan atmosferaning quyi
qatlamlariga uzluksiz o‘tib turishi o‘simliklarning rivojlanishi va
fotosintezini tezlashtiradi.
Agar havo tarkibidagi CO2 miqdori 0,03 % ga teng bo‘lsa,
o‘simliklardagi CO2 ga bo‘lgan talab maksimal darajada qondirilmaydi.
Demak, atmosfera havosi tarkibidagi CO2 ning miqdorini tuproq o‘z
vaqtida uzluksiz to‘ldirib turmasa (Neyberg) atmosferadagi CO2 35 yildan
keyin mutlaqo tamom bo‘lishi mumkin.
Fisher o‘simliklar iste’mol qiladigan SO2 ning 90 % tuproqdan
ajralib chiqqan bo‘lib, faqat 10 % i gina atmosfera havosining tarkibini
tashkil qilar ekan. N.I.Gorbunovning ma’lumotiga qaraganda (1957) beda
ekilgan dala har kuni 25 m qalinlikdagi atmosfera tarkibidagi CO2 ning
iste’mol qilib ulgurar ekan.
Xullas, tuproq havosida atmosfera havosiga nisbatan kislorod hamma
vaqt oz, karbonat angidrid esa ko‘p bo‘ladi. Diffuziya jarayoni tufayli
atmosfera kislorodi bilan tuproqdagi karbonat angidrid uzluksiz
almashinib turadi. Harorat va barometrik bosimning o‘zgarishi ham tuproq
aeratsiyasi jarayonining muhim omillaridan hisoblanadi. Quyosh nuri
ta’sirida tuproqning ustki chirindili qatlam haroratining kunduzi
ko‘tarilishi va kechasi pasayishi natijasida ma’lum darajada gaz
almashinishi ro‘y berib turadi, chunki harorat pasayishi bilan atmosfera
havosining bir qismi tuproq qatlamiga o‘tadi. Yomg‘ir suvlari va oqar
suvlar tuproq qatlamidagi havoni siqib chiqaradi. Shamol ham ana shu gaz
almashinishlaridan biridir. Shamol ta’sirida bo‘ladigan aeratsiya uning
tezligi, relefi, strukturasi va erni ishlash harakteriga ko‘ra har xil bo‘ladi.
Gaz almashinishining bu omillari xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro yaqin va
birgalikda ta’sir etadi, biroq diffuziya jarayoni tuproq qatlamlarida
188