Page 197 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 197
29-rasm. Tuproq haroratiga bog‘liq holda karbonat angidrid gazining
to‘planishi:
1-mulcha tagidagi tuproq harorati; 2- nazorat variantidagi tuproq harorati; 3-
mulcha tagidagi SO 2; nazorat variantidagi SO 2
Iyul oyida birmuncha oshishi g‘o‘zani sug‘orish natijasida sizot
suvlari sathining ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Vegetatsiya
oxirida CO2 konsentratsiyasi nazorat va mulchalangan maydonlarda bir xil
bo‘lganligi kuzatildi. SHunday qilib, sug‘oriladigan gidromorf tuproqlarni
polietilen plyonka bilan mulchalash suv va issiqlik rejimi kabi havo
rejimiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mustaqil ishlash uchun savollar:
1. Tuproqning havo xossalari deganda nimani tushunasiz?
2. Tuproqning umumiy havo sig‘imi deb nimaga aytiladi?
3. Tuproqning kapillyar havo sig‘imi deganda nimani tushunasiz?
4. Tuproqning nokapillyar havo sig‘imi deganda nimani tushunasiz?
5. Tuproq aeratsiyasi deganda nimani tushunasiz?
6. Tuproqning havo rejimi deganda nimani tushunasiz?
7. Tuproqdagi kislorodni o‘rni qanday?
8. Tuproqdagi karbonat angidridning o‘rni qanday?
9. Havo rejimining buzilish sabablari nimalardan iborat?
10. Tuproq havo tarkibida kislorodning miqdori qancha bo‘ladi?
192

