Page 202 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 202
Tuproqning harorati va namligi, bug‘lanishi va boshqa kattaliklarni
boshqarishda qo‘llanilgan tadbirlarni baholash uchun turlicha turdagi
o‘simliklar qoplamlarida qishloq xo‘jalik dalalarining radiatsion balansi
aniqlanadi.
Erdagi gorizontal sirtga to‘g‘ri radiatsiya S, sochilgan radiatsiya D va
atmosferaning uzun to‘lqinli uchrashuvchi nurlanishi Ea lar tushadi. Er
sirtidan esa atmosfera va kosmik fazoga qisqa to‘lqin uzunlikli qaytgan
radiatsiya Rq va Erning uzun to‘lqinli nurlanishi Eer lar ketadi.
U holda er sirti uchun radiatsion balansning umumiy tenglamasi
qo‘yidagicha yoziladi:
BS DEa-Rq-Eer,
1
bu erda, V - radiatsion balans (yutilgan yoki qolgan radiatsiya).
Yutilgan (qolgan) radiatsiya V o‘z navbatida issiqlikka aylanadi. Faol
yuzaning radiatsion balansdan olgan issiqligini Qr va radiatsion balansni
musbat deb olaylik. U holda Qr ning bir qismi faol yuzaning havoga
turbulentlik usulida uzatgan issiqligi QT ga, ikkinchi qismi tuproqning
pastki qatlamlariga molekulyar issiqlik o‘tkazuvchanlik usuli bilan uzatgan
issiqligi Qm ga va qolgan qismi faol yuzaning transpiratsiyasi Qtr ga
sarflanadi.
Energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchisiga aylanish qonuniga
muvofiq faol yuzaning har bir paytda olgan issiqlik miqdorlari bilan uning
sarflagan (uzatgan) issiqlik miqdorlarining yig‘indisi nolga teng bo‘lishi
kerak, ya’ni:
QRQtQmQtrO.
Yuqoridagi radiatsion balans tenglamasidan har bir hadni tashkil
qilgan radiatsiyalarning issiqlikka aylanishidan vujudga keladigan issiqlik
miqdorlarini e’tiborga olib 1-tenglamani quyidagicha yozamiz:
Qyig‘QaQqQerQtQmQtrO,
bu erda,
Qyig‘ - tuproqning yig‘indi quyosh radiatsiyasidan olgan issiqligi;
Qa – tuproqning atmosfera uchrashuvchi nurlanishidan olgan
issiqligi;
Qq - qisqa to‘lqinli qaytgan radiatsiya issiqligi;
Qer – Erning uzun to‘lqinli nurlanishi issiqligi.
Faol yuzaga tushuvchi nurlanish oqimlariga musbat, faol yuzadan
ketuvchi nurlanish oqimlariga manfiy ishora quyib (2-tenglama) ni turlicha
xususiy hollarga tatbiq etishimiz mumkin. Masalan, sutkaning kunduzgi
davri uchun quyidagicha yozamiz:
197