Page 207 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 207

qatlamni  sutkalik  o‘zgarmas  haroratli  qatlam  deb  yuritiladi.  Bu  qatlam
            o‘rta kengliklarda er yuzidan 70-100 sm chuqurlikdan boshlanadi. Harorati

            yil  davomida  o‘zgarmay  qoladigan  qatlamni  yillik  o‘zgarmas  haroratli
            qatlam deb yuritiladi. O‘rta kengliklarda yillik o‘zgarmas haroratli qatlam
            15-20 m chuqurlikda joylashgan.

                   Uchinchi  qonunga  muvofiq  chuqurlik  oshgan  sari,  u  erdagi
            qatlamlarda tuproqning maksimal va minimal haroratlari tuproq yuzasidan
            boshlab hisoblangan chuqurlikka bog‘liq ravishda oz yoki ko‘p kechikib

            boshlanadi,  ya’ni  chuqurlik  kam  bo‘lsa  maksimal  va  minimal
            haroratlarning  boshlanishdagi  kechikish  kam,  chuqurlik  katta  bo‘lganda
            esa  ko‘p  bo‘ladi.  Chunki  issiqlik  pastki  qatlamlarga  ko‘chishi  uchun
            chuqurlikka qarab oz yoki ko‘p darajada vaqt kerak.

                   Sutkalik maksimum va minimumlar har 10 sm chuqurlikka o‘rtacha
            2,5-3,5  soatga  kechikib  boshlanadi,  yillik  amplitudalar  esa  har  1  m
            chuqurlikka 20-30 sutkaga kechikib boshlanadi.


                                §5.5. Tuproq haroratining o‘simlikka ta’siri

                   Urug‘larning unib chiqishi, tuproq biror haroratgacha qiziganidan keyin

            boshlanadi,  bunda  o‘simlik  turiga  qarab  tuproqning  turli  darajada  qizishi
            zarur  bo‘ladi.  Tuproq  haroratining  ko‘tarilishi  bilan  urug‘larning  unishi
            tezlashib, ekishdan toki maysalar paydo bo‘lishigacha vaqt oralig‘i qisqaradi.

            Bu fikrimizni tasdiqlash uchun bir necha misollar keltiramiz.
                                                                   0
                   Makkajo‘xori  urug‘larini  harorati  12 S  ga  teng  nam  tuproqqa  4  sm
                                                                                                          0
            chuqurlikka  ekkanda,  maysalar  21  kundan  keyin,  tuproq  harorati  18 S
            bo‘lganda  esa  maysalar  8-9  kunda  paydo  bo‘ladi.  YOki  namligi  etarli
            bo‘lgan erda ekilgan kuzgi bug‘doy urug‘lari tuproq harorati 5 S bo‘lganda 6
                                                                                          0
                                            0
                                                                                              0
            kunda, tuproq harorati 10 S da esa 4 kunda, tuproq harorati 15-20 S larda esa
            1-2 kunda unib chiqadi.
                   Kartoshkaning           madaniy         navi      past      harorat       o‘simligidir.
            Tugunaklarning unib chiqishi va maysalarning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan
                                                                                            0
                                                        0
            tuproqning  minimal  harorati  7-8 S  ga  teng,  harorat  18-20 S  bo‘lganda
                                                                              0
            maysalar tez ko‘karib chiqadi. Tuproq harorati 30 S chamasida bo‘lganda
            tugunaklar  o‘sishdan  to‘xtaydi.  Kartoshka  urug‘larining  unib  chiqishi  va
            rivojlanishining keyingi fazalari davridagi yuqori haroratlar kartoshkaning

            aynishiga,  hosildorligining  kamayishiga  va  tovarlik  sifatining  pasayishiga
                                                                                              0
            olib keladi. Chigitning una boshlashi uchun tuproq harorati 12 S dan past
                                                         0
            bo‘lmasligi  kerak,  chigit  10-12 S  da  una  boshlasa  ham  er  betiga
                                                          0
            chiqolmaydi. Tuproq harorati 16-18 S bo‘lganda esa chigit tez unadi va 7-8
                                                            202
   202   203   204   205   206   207   208   209   210   211   212