Page 209 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 209
0
samarasi kamayadi. Masalan, tuproq harorati 5 S bo‘lganda azot va
0
fosforning o‘simlikka o‘tishi, 20 S bo‘lgandagidan 3 marta kamayadi.
Tuproq haroratining ortishi (optimaldan yuqori) ham o‘simlikka
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, tuproq haroratining yuqori bo‘lishi avval
ko‘rsatganimizdek kartoshkaning aynishiga sabab bo‘ladi.
Tuproq harorati, ularda yashaydigan mikroorganizmlarning hayot
faoliyatiga va ular yordamida o‘tadigan biokimyoviy jarayonlarga katta
ta’sir ko‘rsatadi.Tuproqdagi ko‘pchilik mikroorganizmlar harorat 25-35S
bo‘lganda yaxshi rivojlanadi.
Qishloq xo‘jalik o‘simliklariga zararkunandalar va kasalliklarning
keltirgan zarari darajasi ham tuproqning harorat rejimi bilan bog‘langan.
Turli yillarda va yilning har xil vaqtlarida paydo bo‘ladigan kasalliklar
tuproq harorati o‘zgarishning borishiga bog‘liq.
Masalan, g‘o‘za va makkajo‘xori kabi issiqsevar o‘simliklarda
nihollarning kasallanishi past haroratlarda, yuqori haroratlarga qaraganda
kuchli tarqaladi Bug‘doy, no‘xat kabi issiqlikni kuchli talab qilmaydigan
o‘simliklarda esa past haro-ratlarda kasallanish kamroq, yuqori
haroratlarda kuchliroq bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko‘rinadiki, qishloq xo‘jalik
o‘simliklarining o‘sish sharoitlarini to‘g‘ri baholash uchun tuproqning
harorat rejimi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham e’tiborga olish kerak.
§5.6. Relef, o‘simliklar va qor qoplamining tuproq
haroratiga ta’siri
Ma’lumki relef sharoitlari tuproq haroratiga va faol haroratlar
0
yig‘indisiga (10 S yuqori) ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Biror joyning relefi deganda o‘sha joydagi er yuzasining turlicha
shakllari (gorizontal tekisligi, qiyaligi, botiqligi, do‘ngligi va h.k.) ni
tushunamiz. Turlicha relefli erlarga tushadigan quyosh radiatsiyasining
miqdori har xil bo‘ladi. Natijada turlicha relefli joylardagi tuproq ham
o‘ziga tushuvchi quyosh radiatsiyasini oz yoki ko‘p darajada yutadi va
isiydi.
Demak, joyning relefi tuproqning harorat rejimiga katta ta’sir
ko‘rsatadi. Relef shakliga, yonbag‘irlarning dunyoning qaysi tomoniga
qaraganligiga va ufqqa nisbatan qiyalik darajasiga bog‘liq ravishda
tuproqning isishi va sovishi har xil darajada bo‘ladi.
Shimoliy yarim sharda janubga qarab nishab bo‘lgan yonbag‘irlarga
204