Page 208 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 208
kunda maysa ko‘rinadi.
Bu misollardan ko‘rinadiki, tuproq harorati past bo‘lsa, urug‘lar unib
chiqmaydi va maysalar ko‘karmaydi. Agar past harorat uzoq vaqt davom
etsa ekilgan urug‘lar chirib ketadi.
Tuproq harorati, asosan, o‘simlik rivojlanishining boshlang‘ich
bosqichlarida – unib chiqish, tuplanish davrida kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Ekin ekilgandan maysa ko‘ringuncha davrda tuproqdagi namlik etarli
bo‘lganda, tuproq harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, urug‘lar tez unib
maysalar paydo bo‘lishi tezlashadi. Bu fikrimizni yuqorida keltirilgan
misollar bilan tasdiqlaymiz. Ammo, maqbul haroratdan oshiqcha
haroratlar ham o‘simlik uchun zararli.
O‘tkazilgan ba’zi tajribalar ko‘rsatadiki, ochiq erlarda tuproqni 20-
0
24 S gacha qizdirilganda, sovuqqa chidamli ekinlar (kartoshka, arpa,
karam) hosildorligi, isitilmagan erdagi xuddi shu ekinlar hosildorligidan 2
marta, issiqsevar ekinlar hosildorligi esa isitilmagan tuproqdagi xuddi shu
ekinlar hosildorligidan 2-3 marta ortgan. Sovuqqa chidamli ekinlarda tuproq
0
haroratini 6-10 S gacha, issiq sevar o‘simliklarda tuproq haroratini 10-14 S
0
gacha pasaytirilganda hosildorlikning sovitilmagan erdagiga nisbatan 2-3
marta kamayishiga olib kelgan.
0
Tuproqning past haroratlari (10 S dan past) o‘simlikning sekin
o‘sishiga, o‘suv (vegetatsiya) davrining cho‘zilib ketishiga, pirovardida
hosilning kamayishiga sabab bo‘ladi.
0
Masalan, tuproq harorati 15-20 S bo‘lganda bug‘doyning o‘suv davri
78 kunga teng bo‘lsa, tuproq harorati 6-7 S bo‘lganda, o‘suv davri 124
0
kunga cho‘zilgan. Demak, tuproq harorati qanchalik past bo‘lsa, ekinning
o‘suv davri shunchalik cho‘zilgan bo‘ladi.
O‘suv davrining bunday cho‘zilib ketishi asosan o‘simlik
rivojlanishining dastlabki va oxirgi fazalarida ro‘y beradi. Masalan, tuproq
0
harorati 15-20 S da bug‘doy ekinida ekish maysalarning paydo bo‘lishiga
0
5 kun ketsa, tuproq harorati 6-7 S da ekish maysalarning paydo bo‘lishiga
11 kun ketgan.
0
Sut pishish - mum pishish davri esa tuproq harorati 15-20 S
0
bo‘lganda 13 kunga cho‘zilgan, harorat 6-7 S esa 24 kunga cho‘zilgan.
Past haroratlarda ekinlar mahsuldorligi pasayishining asosiy sababi
bo‘lib, ildizning yutish qobiliyatining pasayishi va o‘simlikning fosforni
kam o‘zlashtirishi natijasida o‘sish jarayonining sekinlashishidir. Bunda
butun o‘simlikning modda almashinuvi, oziq moddalarning ildiz va er
ustki organlarga taqsimlanishi buziladi.
Tuproq harorati pasayishi bilan erga solinadigan o‘g‘itlarning
203