Page 211 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 211
tuproqnikidan pastroq bo‘ladi. Tuproq yuzidan chuqurlik oshgan sari esa
bu farq kamaya boradi.
Yilning sovuq vaqtida esa o‘rmondagi tuproq ustki qatlamining
harorati ochiq daladagidan issiqroq bo‘ladi, chunki xazon to‘shamasi va
qor qoplami tuproqning issiqlik yo‘qotishini kamaytiradi. O‘rmondagi
tuproq daladagiga nisbatan kamroq chuqurlikda muzlaydi. Tuproq
haroratiga qor qoplami ham ta’sir qiladi.
Qish paytida yalang erdagi tuproq yuza qatlamining harorati, qor
qatlami ostidagi o‘shancha chuqurlikdagi tuproq haroratidan past bo‘ladi.
Qalinligi 30 sm dan oshmagan qor qoplami kuzgi ekinlarning qish paytida
sovuq urmasligiga (yoki sovuq urishni kamaytirishga) olib keladi.
Qorning, ayniqsa g‘ovak qorning issiqlik o‘tkazuvchanligi juda kam.
Shuning uchun tuproqning pastki qatlamlaridan yuqoriga yo‘nalgan
issiqlikni qor qoplami ushlab qoladi. Natijada ekin (bug‘doy, arpa) larning
ildizi joylashgan chuqurliklarda harorat keskin pasayib ketmaydi va
o‘simlik nobud bo‘lmaydi. Daraxtlarning qishloviga faqatgina qor
qatlamining qalinligi emas, balki uning zichligi hamda dalalardagi qor
qatlamining yotish xususiyati ham ta’sir qiladi. Ochiq erlarda kuchli
shamollar qorni ancha masofalarga uchirib ketadi, natijada dalalarda qor
qoplami bir xil qalinlikda bo‘lmaydi. Buning oqibatida qor qatlami yupqa
bo‘lgan erlarda ekinlarning zararlanishi ro‘y beradi.
§5.7. O‘zbekiston tuproqlarining issiqlik rejimi
Tuproqqa issiqlikning tushishi, uning tuproq qatlamlarida (yon
tomonlarga yoki chuqurlikka) siljishi va o‘zidan issiqlikni berishi
hodisalarining majmuasiga tuproqning issiqlik rejimi deyiladi.
Tuproqning issiqlik rejimi uning issiqlik xossalari geografik
sharoitga, o‘simlik qoplamiga hamda er ustining tuzilishiga bog‘liq holda
o‘zgarib boradi.
Tog‘ jigarrang va to‘q tusli bo‘z tuproqlar sharoitida faol
yuzaning issiqlik balansi. Yuqorida aytib o‘tilganidek, tuproqning issiqlik
rejimi unga tushgan va qaytgan quyosh energiyasi nuri bilan belgilanadi va
shuning uchun ham uni tuproqda ro‘y beradigan boshqa energetik
jarayonlardan alohida o‘rganish mumkin emas.
Ma’lumki, faol yuzaning issiqlik balansi uning radiatsiya balansi,
havoning er ustki qatlamidagi turbulent va transpiratsion issiqlik
almashinuvi hamda tuproqdagi issiqlik almashinuvi bilan belgilanadi.
206