Page 206 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 206
uchun issiqlikning tuproqda tik yo‘nalish bo‘ylab pastga tarqalish
qonunlarini ko‘pincha Fure qonunlari deb yuritiladi.
Kuzatishlar tuproqda issiqlikning amaldagi tarqalish jarayoni bu
qonunlarga etarlicha yaqin mos kelishini ko‘rsatadi.
Tuproq haroratining sutkalik va yillik tebranishlari asta-sekin uning
pastki qatlamlariga, ya’ni turli chuqurliklarga tarqaladi.
Tuproq haroratining sutkalik va yillik tebranishlari ro‘y beradigan
qatlamini faol tuproq qatlami deb yuritiladi.
Radiatsion balans musbat bo‘lganda kunduzi tuproqning ixtiyoriy
pastki qatlami qancha katta chuqurlikda joylashgan bo‘lsa, u shunchalik
kam issiqlik oladi va uning haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishlari
amplitudasi juda kichik bo‘ladi.
Tuproq yuzasi harorati tebranishlarining pastki qatlamlarga ko‘chishi
Fur’ening quyidagi uchta qonuni bilan tushuntiriladi:
Tuproq haroratining tebranish davri chuqurlik ortishi bilan
o‘zgarmaydi.
Agar chuqurlik arifmetik progressiyaga muvofiq oshsa, tuproq
harorati amplitudasi esa geometrik progressiya bo‘yicha
kamayadi.
CHuqurliklarda tuproqning maksimal va minimal haroratlarini
kuzatish payti, tuproq yuzasidagiga nisbatan kechikib boshlanadi.
Birinchi qonunga muvofiq, tuproq yuzasidagina emas, balki
tuproqning barcha qatlamlarida haroratning ketma-ket ikkita maksimumi
yoki minimumi orasidagi vaqt oralig‘i bir xil bo‘ladi va sutkalik
o‘zgarishda o‘rtacha 24 soatga hamda yillik o‘zgarishda 12 oyga teng
bo‘ladi.
Ikkinchi qonunga muvofiq chuqurlik oshishiga qaraganda harorat
amplitudasining kamayishi tezroq boradi. Masalan, tuproq yuzasi
0
haroratining sutkalik tebranish amplitudasi 16 S ga teng bo‘lsa, 20 sm
0
0
chuqurlikda u 4 S ga teng, 40 sm chuqurlikda esa amplituda 1 S ga, 60 sm
0
chuqurlikda esa 0,25 S ga teng bo‘lib qoladi. Toshkent observatoriyasida
1981 yil iyun oyidagi tabiiy yuza haroratining sutkalik tebranish
amplitudasi 42 S ga teng bo‘lsa, 20 sm chuqurlikda sutkalik amplituda
0
0
0
0
11,3 S ga, 40 sm chuqurlikda 7,3 S ga, 80 sm chuqurlikda esa 4,6 S ga,
0
0
120 sm chuqurlikda 3,1 S ga, 320 sm chuqurlikda 1 S ga teng bo‘lgan.
Er yuzidan biror chuqurlikda tuproq haroratining sutkalik o‘zgarish
amplitudasi juda ham kamayib ketib deyarli nolga teng bo‘lib qoladi. Biror
chuqurlikda joylashgan harorati sutka davomida o‘zgarmay qoladigan
201