Page 204 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 204
Tuproq yuzasi harorati sutkalik o‘zgarishining ko‘rsatilgan tarzda
borishi bulutlik, yog‘ingarchilik va shamollar ta’sirida o‘zgarishi mumkin.
Bunda tuproq haroratining maksimumi va minimumi boshqa vaqtlarga
suriladi.
Sutka davomida tuproq yuzasi haroratining eng katta va eng kichik
qiymatlari ayirmasini sutkalik o‘zgarishining amplitudasi deyiladi.
Masalan, tuproq yuzasi yozda kunduzi 50S ga teng, kechasi esa 20S
gacha sovigan bo‘lsa, tuproq harorati sutkalik o‘zgarishining amplitudasi
50-20=30 ga teng bo‘ladi.
Tuproq yuzasi haroratining sutkalik o‘zgarishi amplitudasiga
quyidagilar ta’sir qiladi:
1. Yil fasllari. Yozda amplituda eng katta, qishda esa eng kam
bo‘ladi.
2. Joyning geografik kengligi.
Tuproq haroratining sutkalik o‘zgarishi amplitudasi, asosan,
quyoshning tushki paytdagi balandligi bilan aniqlanadi. Ekvatordan qutb
tomon siljigan sari, ya’ni geografik kenglik oshgan sari quyoshning tushki
paytdagi ufqdan balandligi kamaya boradi. Shuning uchun kenglik oshgan
sari amplituda ham kamayadi. Eng katta amplitudalar subtropik cho‘llarda
kuzatiladi. Cho‘lda qum kunduzi kuchli qiziydi, kechasi esa samarali
nurlanish katta, demak qum yuzasi kuchli soviydi. Natijada qum yuzasi
haroratining sutkalik o‘zgarishi amplitudasi 50-60 gacha etadi. Eng kichik
amplitudalar qutbga yaqin mamlakatlar tuprog‘ida uchraydi.
3. Bulutlik. Bulutli kunda tuproq yuzasi haroratining sutkalik
o‘zgarishi amplitudasi, havo ochiq kundagidan ancha kam bo‘ladi.
4. Tuproqning issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi.
Amplituda tuproq issiqlik sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligiga
teskari mutanosib bog‘langan. Tuproqning issiqlik sig‘imi qanchalik katta
bo‘lsa, u kunduzi shuncha kam isiydi va kechasi shuncha kam soviydi,
demak harorat tebranishi amplitudasi ham kam bo‘ladi.
Amplitudaning issiqlik o‘tkazuvchanlikka bog‘liqligi ham xuddi
shunday xususiyatga ega.
5. Tuproq rangi. To‘q tusli tuproqlar yuzasi haroratining sutkalik
o‘zgarish amplitudasi, yorqin tuproqnikidan katta. Chunki, to‘q tusli
tuproqlar kunduzi quyosh radiatsiyasini yorqin tuproqdan ko‘p yutadi va
buning oqibatida kuchli isiydi, yorqin tuproq esa kam isiydi. Kechasi to‘q
tusli tuproq yorqin tuproqdan kuchli soviydi, quruq va g‘ovak tuproq
yuzasining harorat o‘zgarishi amplitudasi nam va zich tuproqnikidan katta.
199