Page 205 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 205
6. O‘simlik va qor qoplami. O‘simliklar qoplami tuproq yuzasi
haroratining sutkalik o‘zgarish amplitudasini kamaytiradi. Chunki,
o‘simlik qoplamidan o‘tishda quyosh radiatsiyasi ancha miqdorda ozayadi
va tuproqni kam qizitadi, kechasi esa tuproqning uzun to‘lqinli
nurlanishini o‘simliklar to‘sib qoladi, natijada tuproq kam soviydi. Qor
qoplamining issiqlik o‘tkazuvchanligi juda kam. Shuning uchun qish
vaqtida qor qoplami tuproqning juda ham sovib ketishdan saqlaydi.
Umuman, qor va o‘simlik ostidagi tuproq harorati amplitudasi ochiq
erdagidan kichik bo‘ladi.
7. Joyning relefi. Janubga qaragan yonbag‘irlar kunduzi tekislikka
qaraganda kuchliroq qiziydi. Shimolga qaragan yonbag‘irlar esa eng kam
isiydi, g‘arbiy yonbag‘ir esa sharqiy yonbag‘irdan ko‘proq isiydi. Tuproq
haroratining o‘zgarish amplitudasi ham ularga mos ravishda o‘zgaradi.
Tuproq yuzasi haroratining yil davomida o‘zgarishini yillik
o‘zgarishi deb yuritiladi.
Tuproq haroratining yillik o‘zgarishi ham xuddi sutkalik o‘zgarishi
kabi asosan radiatsion balansning yillik o‘zgarishi bilan bog‘langan.
Tuproq yuzasining o‘rtacha oylik haroratining eng katta qiymati
shimoliy yarim sharda iyul-avgust oylariga, eng oz qiymati esa yanvar-
fevral oylariga to‘g‘ri keladi.
Yil davomidagi tuproq yuzasi o‘rtacha oylik haroratlarining eng katta
va eng kichik qiymatlari orasidagi ayirmani tuproq haroratining yillik
o‘zgarish amplitudasi deyiladi.
Tuproq yuzasi haroratining yillik o‘zgarish amplitudasiga joyning
geografik kengligi, relefi, o‘simlik va qor qoplami, tuproqning issiqlik
sig‘imi va issiqlik o‘tkazuvchanligi, tuproq rangi va bulutliklar ta’sir
qiladi. Tuproq yuzasi haroratining yillik o‘zgarish amplitudasi, geografik
kenglik oshgan sari ortadi (sutkalik o‘zgarish amplitudasi esa geografik
kenglik oshgan sari kamayadi).
Masalan, 10 shimoliy kenglikda, amplituda 3S ga, 30 kenglikda
10S atrofida, 50 kenglikda esa o‘rtacha 25S ga teng. Quruqliklarning
qutbiy hududlarida esa yillik amplituda 70S dan ham katta bo‘ladi.
§5.4. Tuproqning pastki qatlamlariga issiqlikning ko‘chish qonuniyatlari
Tuproqda issiqlikning tik yo‘nalish bo‘yicha pastki qatlamlarga
tarqalishiga J.B.Furening 1822 yilda topgan molekulyar issiqlik
o‘tkazuvchanlikning umumiy nazariyasini qo‘llash mumkin. Shuning
200