Page 203 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 203

Qyig‘                      Qm - Qt - Qtr 
                                             Qa – Qq - Qer 
                                                                                   0.
                   Kechasi faol yuzaga yig‘indi quyosh radiatsiyasi tushmaydi, shuning
            uchun qisqa to‘lqinli qaytgan radiatsiya ham bo‘lmaydi.
                   U holda (3) tenglama yana ham soddalashadi:
                                          Qa – Qer - Qm + Qt  + Qtr 
                                                                             0.
                   Radiatsion balans va demak, issiqlik balansining har bir elementiga
            ob-havo  va  iqlim  sharoitlari,  agrotexnik  va  meliorativ  tadbirlar  kuchli

            ta’sir ko‘rsatadi.
                   Bunday  omillar  ta’sirida  issiqlik  balansi  va  uning  elementlarining
            borishidagi  davriylik  o‘zgaradi.  Ayniqsa,  Erning  shimoliy  hududlarida
            issiqlik  balans  elementlari  ob-havo  va  iqlim  sharoitlariga  keskin

            bog‘langan. Janubdagi ancha barqaror ob-havo sharoitlarida issiqlik balans
            elementlari ham ancha turg‘un bo‘ladi.
                   Sug‘orish issiqlik balans elementlariga kuchli va qisqa muddatli ta’sir

            ko‘rsatadi.  Issiqlik  balansning  ayrim  elementlar  bo‘yicha  taqsimotining
            o‘zgarishiga  tuproqni  mul’chalash,  ekinlarni  egatlar  pushtasiga  ekish,
            tuproqni  g‘ovaklashtirish  va  zichlashtirish  kabi  agrotexnik  tadbirlar
            birmuncha ta’sir ko‘rsatadi.


                    §5.3. Tuproq yuzasi haroratining sutkalik va yillik o‘zgarishi


                   Biz  ushbu  bobning  boshida  tuproq  yuzasining  harorati,  asosan,
            radiatsion  balansga  bog‘liq  ekanligini  aytganmiz.  Radiatsion  balans
            kattaligi  esa  sutka  va  yil  davomida  o‘zgarganidan  tuproq  yuzasining

            harorati ham sutka va yil davomida o‘zgarib boradi.
                   Tuproq yuzasi haroratining sutka davomida o‘zgarishining borishini
            uning  sutkalik  o‘zgarishi  deyiladi.  Tuproq  yuzasi  haroratining  sutkalik

            o‘zgarishi  1  ta  minimum  (eng  oz  qiymat)  ga  va  1  ta  maksimum  (eng
            yuqori qiymat) ga ega. Tuproq yuzasi haroratining minimal qiymati havo
            ochiq kuni ertalab quyosh chiqishi oldidan kuzatiladi. Bu vaqtda radiatsion
            balans  hali  manfiy,  tuproq  bilan  erga  yaqin  havo  qatlamlari  orasidagi

            issiqlik  almashinish  juda  kam  bo‘ladi.  Quyosh  chiqqandan  keyin  biroz
            vaqt  o‘tgach  radiatsion  balans  musbat  ishoraga  o‘tadi  va  quyoshning
            ufqdan  balandligi  oshgan  sari  ortib  boradi,  natijada  tuproq  harorati  ham

            ortib borib. o‘zining maksimal qiymatiga mahalliy vaqt bilan soat 16 larda
            erishadi.  So‘ngra  radiatsion  balansning  kamaya  borishi  sababli  tuproq
            yuzasining  harorati  pasayib  borib.  ertalab  quyosh  chiqishi  oldidan
            minimum qiymatiga tushib qoladi.



                                                            198
   198   199   200   201   202   203   204   205   206   207   208