Page 201 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 201

davomida  yig‘indi  radiatsiya  va  samarali  nurlanish  miqdorlari  uzluksiz
            o‘zgarganidan radiatsion balansning qiymatlari ham uzluksiz o‘zgaradi.

                   Osmon  bulut  bilan  to‘la  qoplanganda  va  erga  to‘g‘ri  radiatsiya
            tushmayotganda  V  =  D  –  Rq  –  Es  kechasi  esa  qisqa  to‘lqinli  qaytgan
            radiatsiya  ham  bo‘lmaganligidan  radiatsion  balans  V  qiymatlari  manfiy

            bo‘ladi: V = Ea– Eer= - Es ga teng bo‘ladi
                   Radiatsion  balansni  bilish  amaliy  qiziqishga  ega.  Chunki  V  ning
            qiymatiga qarab faol yuzaning isishi va sovishini aniqlaymiz.

                   Agar  faol  qatlamga  tushuvchi  radiatsiyalar  oqimlarining  yig‘indisi,
            faol qatlamdan ketuvchi radiatsiya oqimlari yig‘indisidan katta bo‘lsa, faol
            qatlam isiydi. Aks holda esa faol qatlam soviydi.
                   Radiatsion balansni turlicha oraliqlari (minut, soat, sutka, oy va yil)

            uchun hisoblash mumkin va u musbat yoki manfiy bo‘ladi.
                   Radiatsion  balans,  odatda,  kunduzi  musbat  (eng  sovuq  davrlarni
            hisobga olmaganda), kechasi esa manfiy bo‘ladi.

                   Quyosh  botishiga  1-2  soat  qolganda  radiatsion  balans  manfiy
            qiymatlarga o‘tadi  yoki kechga yaqin Quyoshning ufqdan balandligi 10-
                0
            15  ga teng bo‘lishidan boshlab V ning qiymatlari manfiy bo‘ladi. Quyosh
                                  0
            balandligi  10-15   dan  oshgach  V  ning  qiymatlari  yana  musbat  ishoraga
            o‘tadi.
                                                                                                       0
                   Agar  qor  qoplami  mavjud  bo‘lsa,  Quyosh  balandligi  20-25   ga
            etgandan keyingina V musbat qiymatlarga o‘tadi.

                   Kunduzi ho ortishi bilan V ning qiymatlari ham orta boradi, tushdan
            keyin ho ning kamayishi bilan V ning qiymatlari ham kamayadi.
                   O‘zbekistonning  shimoliy  hududlari  uchun  radiatsion  balansning
                                               2
            yillik  qiymati  1885  MJ/m ,  janubiy  hududlari  uchun  2807,  baland  tog‘li
            hududlarda 1424 MJ/m  ga yaqin.
                                          2
                   O‘zbekistonning  eng  janubiy  hududlari  va  sovuq  havo  oqimlari

            kiraolmaydigan joylar uchun V yil bo‘yi musbat bo‘ladi.
                   O‘zbekistonning  eng  shimoliy  hududlari  va  respublikamiz
            hududlarining  katta  qismida  qish  davrida  ba’zi  yillari  V  ning  qiymati  –
            4,19  dan  –  29,3  MJ/m           2   gacha  qiymatlarga  ega  bo‘lishi  mumkin.

            Respublikamizda  radiatsion  balansning  manfiy  qiymatlardan  musbat
            qiymatlargacha o‘rtacha mart oyi boshlarida o‘tadi. Musbat qiymatlardan
            manfiy qiymatlarga oktyabr oxirida noyabr boshlarida o‘tadi.

                   Qishloq xo‘jalik dalalarining radiatsion balansini bilish Quyoshning
            ufqdan turlicha balandliklarida, ekinlarni ekishning turlicha sxemalarida va
            o‘simlik  rivojlanishining  turlicha  fazalarida  o‘simlik  va  tuproq  yutgan
            radiatsiyani aniqlash imkonini beradi.

                                                            196
   196   197   198   199   200   201   202   203   204   205   206