Page 198 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 198
V-BOB. TUPROQNING ISSIQLIK-FIZIK XOSSALARI
§5.1. Tuproqning issiqlik-fizik xossalari
Tuproqning harorat holati, isishi va sovishi kabi jarayonlarga er
yuzasining xususiyatlari bilan bir qatorda tuproqning issiqlik-fizik
xususiyatlari ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqning issiqlik-fizik
xususiyatlariga issiqlik sig‘imi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, harorat
o‘tkazuvchanligi va issiqlikni o‘zlashtiruvchanligi kabi xususiyatlar kiradi.
Ularning har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Tuproqning issiqlik sig‘imi. Tuproqning issiqlik sig‘imi uning
issiqlikni yutish qobiliyatini bildiradi.
Tuproqning issiqlik sig‘imi ikki xilda bo‘ladi:
1. Tuproqning solishtirma issiqlik sig‘imi (s).
2. Tuproqning hajmiy issiqlik sig‘imi (sh).
1 kg quruq tuproqni 1S ga isitish uchun kerak bo‘lgan issiqlik
miqdoriga tuproqning solishtirma issiqlik sig‘imi (s) deyiladi va uni
J/kgS birlikda o‘lchanadi. Tuproqshunoslik fanida esa tuproq solishtirma
issiqlik sig‘imini kal/g S birlikda o‘lchash keng tarqalgan.
3
1 m quruq tuproqni 1S ga isitish uchun kerak bo‘lgan issiqlik
3
miqdoriga tuproqning hajmiy issiqlik sig‘imi (sh) deyiladi va uni J/m S
3
birlikda o‘lchanadi. Tuproqshunoslikda sh ni ko‘pincha kal/sm S birlikda
o‘lchanadi. Tuproqning solishtirma va hajmiy issiqlik sig‘imlari o‘zaro
quyidagicha munosabatda bog‘langan:
с х с ,
bu erda,
- tuproq qattiq fazasining zichligi.
Demak, tuproq solishtirma issiqlik sig‘imini tuproq qattiq fazasining
zichligiga ko‘paytirib, tuproqning hajmiy issiqlik sig‘imini hisoblash
mumkin. Tuproq solishtirma issiqlik sig‘imini kalorimetr yordamida
aniqlanadi.
Tuproq namligining dala sharoitida uchrab turadigan chegaralarida
namlik o‘zgarishi bilan hajmiy issiqlik sig‘im 3-4 marta o‘zgarsa, tuproq
namligining xuddi shu chegaralarida aynan shu vaqtda
esa 100 martadan
ham ortiq o‘zgarishi mumkin.
Tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanligi. Tuproqning ko‘proq isigan
qatlamlaridan kamroq isigan qatlamlariga issiqlik uzatish xossasiga uning
issiqlik o‘tkazuvchanligi deyiladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik o‘lchovi bo‘lib
issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti
xizmat qiladi.
193