Page 210 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 210

tushuvchi  to‘g‘ri  quyosh  radiatsiyasi  eng  ko‘p  bo‘lganidan,  janubiy
            yonbag‘irdagi  tuproq  eng  ko‘p  isiydi,  shimolga  qaragan  nishablardagi

            tuproqlar  eng  kam  isiydi.  Janubga  qaragan  yonbag‘irlarning  yotiq  erga
            nisbatan  qiyaligi  qancha  katta  bo‘lsa,  u  shuncha  ko‘p  isiydi.  Havo  ochiq
            kuni  kunduz  davomida  g‘arbiy  yonbag‘irga  quyosh  radiatsiyasi  qancha

            tushsa,  xuddi  shunday  qiyalikdagi  sharqiy  yonbag‘irga  ham  o‘shancha
            quyosh radiatsiyasi tushadi. Ammo, qiyalik darajalari bir xil bo‘lgan g‘arbiy
            yonbag‘ir, sharqiy yonbag‘irdan ko‘proq isiydi. Chunki, sharqiy yonbag‘irda

            issiqlikning  bir  qismi  ertalab  tuproq  va  o‘simlikdagi  shudringni
            bug‘lantirishga  sarflanadi.  G‘arbiy  yonbag‘irga  esa  quyosh  radiatsiyasi
            asosan  tushdan  keyin  shudring  yo‘q  vaqtda  tushadi  va  shuning  uchun
            yonbag‘ir ko‘proq isiydi.

                   Iqlimshunos  olimlarning  ma’lumotiga  ko‘ra,  janubga  qaragan
                                                              0
            yonbag‘irdagi  20  sm  chuqurlikda  10 S  li  o‘rtacha  oylik  tuproq  harorati
            gorizontal  erdagi  o‘shancha  chuqurlikdagiga  qaraganda  5-10  kun  erta

            keladi,  shimolga  qaragan  yonbag‘irdagi  o‘shancha  chuqurlikda  esa  5-10
            kun kechikib erishadi.
                   Yonbag‘irdagi yalang tuproq esa o‘simlik bilan qoplangan tuproqdan
            ko‘proq isiydi. Masalan, YU.I.Chirkov ma’lumotiga asosan, hozirgi Sankt-

                                                                                0
            Peterburg  shahri  yaqinidagi  qiyalik  darajasi  20-22   bo‘lgan  janubiy  va
            shimoliy        qiyaliklardagi        yalang       va     o‘simlik       bilan     qoplangan
            yonbag‘irlardagi tuproqlar haroratlar farqi, iyul oyida yalang erlarda 10 sm

                                            0
            chuqurlikda  o‘rtacha  16   ga,  o‘t  bilan  qoplangan  erlarda  esa  janubiy  va
            shimoliy  yonbag‘irlardagi  10  sm  chuqurlikda  tuproqlar  harorati  farqi
                         0
            o‘rtacha 7  ga teng bo‘lgan.
                   O‘simliklar  qoplami  tushuvchi  quyosh  radiatsiyasining  ma’lum
            qismini  to‘sib  qoladi.  Shuning  uchun  o‘simliklar  tagidagi  tuproq  yuziga
            ochiq  erdagi  qaraganda  quyosh  radiatsiyasi  oz  tushadi  va  tuproq  kam

            isiydi.
                   Umuman  olganda,  o‘simliklar  tagidagi  tuproq harorati  yozda  ochiq
            erdagidan  pastroq,  qishda  esa  issiqroq  bo‘ladi.  O‘rmondagi  tuproq
            haroratiga o‘rmon pardasi kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘rmon pardasi kunduzi

            quyosh radiatsiyasining ancha qismini to‘sib qoladi, kechasi esa samarali
            nurlanish sababli tuproqning ortiqcha sovishiga yo‘l qo‘ymaydi.
                   Bundan  tashqari  o‘rmondagi  tuproq  haroratiga  xazon  to‘shamasi

            ta’sir qiladi. Xazon to‘shamasining issiqlik o‘tkazuvchanligi tuproqnikidan
            kam.  Shuning  uchun  xazon  to‘shamasi  bahorda  tuproqning  isishini
            sekinlashtiradi, kuzda esa tuproqning sovishini kechiktiradi.
                   O‘rmondagi tuproq ustki qoplamining harorati yozda ochiq daladagi

                                                            205
   205   206   207   208   209   210   211   212   213   214   215