Page 215 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 215

Xulosa  qilib  aytadigan  bo‘lsa,  Angren  havzasida  tarqalgan  tog‘
            jigarrang  va  to‘q  tusli  bo‘z  tuproqlarning  radiatsiya  balansi  va  tuproqqa

            tushayotgan issiqlik oqimining umumiy yig‘indisi, sutkalik o‘zgarishi va
            maksimal  qiymatga  etish  davri  qiyalik  ekspozitsiyasi  va  nishabligiga,
            shuningdek, o‘simlik qoplamiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.

                   Tog‘  jigarrang  ishqorsizlangan  tuproqlarning  issiqlik  rejimi.
            I.Turapov,  A.Sultanov  (2012)  larning  tadqiqot  natijalariga  ko‘ra,  tuproq
            gruntlari  haroratining  sutkalik  o‘rtacha  qiymati  vegetatsiya  davrida  keng

            miqdorlarda o‘zgarib turadi (39-jadval, 32-rasm). Kuzatuv maydoni dengiz
            sathidan  1850-1900  m  balandlikda  joylashgan  bo‘lib,  qiyalik  nishabligi
                0
            30 S ga teng. O‘simlik qoplami qalin, yog‘ochsimon, butasimon, bir yillik
            va ko‘p yillik o‘simliklardan tashkil topgan.

                                                                                                39-jadval
                    SHimoliy qiyalik tuproqlarida turli chuqurliklarda tuproq
                             haroratining o‘rtacha sutkalik miqdori, 1970 y


            Chuqur-     25         May               Iyun               Iyul              Avgust           15
             lik, sm   aprel   5    15    25     5    15     25     5    15     25    5     15     25   sentyabr

               0       5,6    6,1   9,2   9,4  10,9  11,0  17,5  14,7  17,6  13,9  15,7  15,4  19,7       9,6
               5       1,3    3,3   8,7   9,0  10,5  10,4  15,4  13,3  15,4  13,4  14,8  13,3  15,4       8,5
               10      1,2    3,2   8,5   9,1  10,3  10,4  14,0  13,0  14,8  13,3  14,5  13,2  15,2       8,8
               15      1,3    4,0   8,5   9,2  10,1  10,1  14,3  12,6  14,2  13,2  14,6  13,0  14,8       9,0
               20      0,5    3,0   8,1   9,1  10,0  10,0  13,8  12,5  13,8  13,1  14,5  12,9  14,2       9,3
               30      1,3    3,0   7,8   9,2   9,9   9,8   12,8  12,3  13,2  12,9  14,2  12,9  13,5      9,9
               50      1,5    2,9   6,9   8,8   9,7   9,5   11,2  11,9  12,2  12,4  13,8  12,5  12,8      10,5
               70      1,3    2,3   6,8   8,2   9,7   9,3   11,0  10,4  11,0  11,4  12,3  12,0  12,1      11,1
              100      0,9    1,9   5,8   7,1   8,2   8,4   9,1   10,0  10,5  11,0  11,8  11,5  11,5      10,4
              150      0,0    0,0   5,1   5,7   6,8   7,4   7,7    8,5   9,1   9,6   10,2  10,2  10,3     10,3
              200      0,0    0,0   4,0   5,8   6,8   7,0   7,5    8,0   8,5   8,8    9,2   9,2   9,6     9,6

                   Aprel oyi oxiriga kelib, qor qoplamining erishi sovuq oqimning erkin

            gravitatsion  namlikka  shimilishi  natijasida  tuproq  gruntining  5-200  sm
                                                          0
            qatlamida  haroratning  0  dan  1,5 S  oralig‘ida  bo‘lishi  kuzatildi.  May
            oyining  boshiga  kelib  haroratning  ko‘tarilishi  kuzatiladi.  Lekin,  150-200
                                      0
            sm  chuqurlikda  0 S  dan  past  harorat  saqlanib  qoladi.  Keyinchalik
            haroratning  butun  tuproq  grunti  bo‘ylab  asta-sekin  ko‘tarilishi  kuzatildi.
            32-rasmda keltirilgan aprel-sentyabr oylari oralig‘idagi issiqlik rejimining
            qiymatiga oid ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, shimoliy qiyalikda erta

            bahorda butun tuproq grunti past haroratlar davri bilan xarakterlanadi.
                                               0
                   Tuproq  yuzasidagi  5 S  teng  harorat  aprel  oyining  o‘rtalariga  kelib
            kuzatiladi va may oyining oxiriga borib ushbu harorat tuproq gruntining



                                                            210
   210   211   212   213   214   215   216   217   218   219   220