Page 220 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 220

Janubiy  ekpozitsiyada  joylashgan  tog‘  jigarrang  tuproqlarning
            harorat  rejimi.  Tog‘  jigarrang  tuproqlarning  janubiy  ekspozitsiyasida

                0
            15 S  ga  teng  izoliniya  5  sm  qalinlikni  aprel  oyining  boshida  egallagan
            bo‘lsa,  may  oyining  ikkinchi  dekadasi  boshlarida  100  sm  qalinlikkacha
            etib borganligi kuzatiladi. Yozga qarab tuproq harorati hamma qatlamlarda

            keskin  ko‘tarila  borishi  va  iyul  oyida  o‘zining  maksimal  darajasiga
            ko‘tarilishi kuzatiladi.
                                                               0
                   Tuproqning ustki qatlamlarida 20 S izoliniyasi may oyining birinchi
            dekadasi  oxirida  kuzatilgan  bo‘lsa,  u  iyun  oyining  oxirida  100  sm
                                                                       0
            chuqurlikkacha  etib  borishi  kuzatiladi.  24 S  izomeniyasi  100  sm  li
                                                                                                      0
            qatlamni  avgust  oyida  egallaydi.  Tuproqning  ustki  qatlamlarida  25 S  ga
            teng bo‘lgan harorat oqimi may oyining oxirida ko‘ringan bo‘lsa, avgust

                                                                               0
            oyida  60sm  li  qalinlikni  egallagani  kuzatiladi.  30 S  dan  yuqori  bo‘lgan
            tuproq  temperaturasi  uning  yuqori  10  sm  li  qatlamiga  xos  bo‘lib,  may
            oyining  o‘rtalaridan  boshlab  sentyabrning  oyining  boshlarigacha  davom

            etadi.  Sentabr  oyida  janubiy  qiyalikning  0-100  sm  qatlamlariga  nisbatan
            katta miqdorda issiqlik zahirasi xarakterli holdir.
                   Shunday  qilib,  yoz  davrida  janubiy  qiyalikning  0-100  sm  li  tuproq
            qatlamlarida haroratning keskin ko‘tarilishi kuzatildi. Buning asosiy sababi

            shundaki, bu davr ichida tuproq namligi parlanish jarayoni to‘la sarflanib
            atmosferaning  pastki  qatlami  va  tuproqning  ustki  qatlami  o‘rtasidagi
            turbulent  issiqlik  almashish  va  tuproqqa  o‘tadigan  issiqlik  oqimlarining

            ko‘payishi bilan bog‘liqdir.
                   Relefning tuproq haroratiga ta’sirini o‘rganishda har xil chuqurlikda
            sodir  bo‘ladigan  maksimal,  minimal  va  tuproq  harorati  amplitudasining

            tebranish  miqdorining  sutkalik  o‘zgarish  qonuniyatlarini  aniqlash  katta
            ahamiyat  kasb  etadi.  Yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlar  asosida  janubiy
            ekspozitsiya  qiyaliklarida  tarqalgan  skeletli  tog‘  jigarrang  tuproqlarning

            maksimal,  minimal  harorati  va  ulardagi  sutkalik  amplituda  miqdorining
            o‘zgarish jarayoni bo‘yicha quyidagi qonuniyatlarni aniqlash mumkin:
                     Maksimal, minimal haroratlar aprel oyidan avgust oyiga qadar 0-

            100  sm  tuproq  grunt  qalinligida  keskin  ko‘tarilishi  kuzatilgan  bo‘lsa,
            sentabr  oyidan  ularning  ko‘rsatkichlari  miqdoran  keskin  pasayishi
            kuzatiladi.

                     Maksimal  haroratining  oylik  o‘rtacha  miqdorining  chuqurlik
            bo‘yicha  pasayib  borishi,  minimal  harorat  miqdori  esa  ko‘tarilib  borishi
            kuztiladi.





                                                            215
   215   216   217   218   219   220   221   222   223   224   225