Page 219 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 219
33-rasm. Tog‘ jigarrang karbonatli tuproqlarning issiqlik rejimi (1967-1970
yillar bo‘yicha o‘rtacha)
1-yog‘ingarchilik, 2-parlanish, 3-havo harorati
0
Tuproq yuzasining harorati sentyabrning oxirida 5 S gacha pasayadi,
bahorda esa tuproq yuzasida bu harorat aprelning boshlarida paydo
bo‘ladi. Aprel oyining uchinchi dekadasining oxirida tuproq yuzasidagi
0
0
harorat 10 S dan ortadi. 10 S li izomeniya avgustning oxiriga kelib 400 sm
0
chuqurlikgacha kirib boradi. 15 S dan yuqori bo‘lgan tuproq harorati
iyunning boshlarida tuproq yuzasidan boshlanadi va iyulning o‘rtalarida
0
100 sm chuqurlikka kirib boradi. 20 S ga teng bo‘lgan harorat faqatgina
ustki 15-20 smni egallaydi va taxminan 15 iyundan 15 iyulgacha davom
etadi. Tuproq haroratining 25 S dan ortishi faqatgina tuproqning yuzasida
0
kuzatiladi.
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi amaliyoti uchun tuproq kabi havoning
ham faol haroratlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z
navbatida ekinlarni ekish, normal o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay
sharoit yaratishda muhim hisoblanadi.
Faol haroratlar yig‘indisi, shuningdek, tuproq unumdorlik darajasini
belgilashda xizmat qiladigan bonitirovka shkalasini tuzishda ham muhim
hisoblanadi. SHunga bog‘liq ravishda tuproqning issiqlik rejimini turli
tuproq tiplarida va chuqurliklarda o‘rganish, faol haroratlar yig‘indisini
aniqlash hamda ular bilan havo harorati o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganish
katta ilmiy nazariy ahamiyatga ega.
214