Page 221 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 221
Sutkalik amplitudaning miqdori tuproq yuzasida avgust oyiga
0
to‘g‘ri keladi va 31,7 S ni tashkl etadi. Pastki chuqurliklarga qarab, uning
0
miqdori kamayib borishi va 100 sm chuqurlikda 0 gradusga tengligi
aniqlangan.
Syimoliy ekpozitsiyada joylashgan tog‘ jigarrang tuproqlarning
harorat rejimi. Kuzatuv maydonchasi dengiz sathidan 1890-1900 m
0
balandlikda joylashgan. Qiyalik darajasi 30-30 . Yerning ustki qatlami
qalin daraxt va o‘t o‘simliklari bilan to‘la qoplangan. Bu sharoitda bir
tomondan qalin tuproq-grunt qatlamlaridagi namlikning parlanish
ko‘rsatkichi yuqori bo‘ladi. Ikkinchi tomondan o‘simliklar bu qiyalikga
quyosh radiatsiyasini tushishini keskin kamaytiradi, bu o‘z yo‘lida tuproq
haroratini pasayishiga olib keladi, ayniqsa janubiy qiyalikga nisbatan. Bu
jarayonda tuproq-grunt qatlamida tuproq harorati vegetatsiya davrida keng
miqdorda tebranib turadi. Bu qiyalikning o‘z xos xususiyati shundaki,
aprel oyining o‘rtalaridan boshlab qor qoplamining jadal erishi boshlanib,
pastki qatlamlarga qarab gravitatsion namlik oqimi jadallashadi va natijada
0
0
0-200 sm tuproq-grunt qatlamining harorati 0 S dan 1,5 S gacha pasayadi.
Agarda karbonat birikmalarining suvda parchalanishi past haroratlarda
maksimal sodir bo‘lishini nazarda tutsak shimoliy ekpozitsiyasi
qiyaligidagi tog‘ jigarrang tuproqlarining karbonat birikmalaridan 100 sm
chuqurlikda ko‘proqgacha yuvilishi shu omillar bilan bog‘liqligi aniq
bo‘ladi.
To‘q tusli bo‘z tuproqlarning issiqlik rejimi. To‘q tusli bo‘z
tuproqlarning harorati har xil chuqurliklarda tabiiy holda hamda haydalgan
lalmi tuproqlarda kuzatilgan. Bu o‘z navbatida antropogen omillarning
ularning issiqlik rejimiga ta’sirini aniqlashga yordam beradi.
0
To‘q tusli bo‘z tuproqlar 10 S dan yuqori bo‘lgan faol haroratlar
davrining uzunligi bilan xarakterlanadi. Kuzatuvlar plitasimon suv
ayirg‘ichning yuqori qismida haydalmagan tuproqlar shariotida olib
borilgan. Tuproq harorati masofadan o‘lchanadigan 10 nuqtali asboblar
yordamida har hil qatlamlarda 0-10, 20, 30, 50, 100, 150, 200, 250, 300,
350, 400 sm chuqurlikkalarda o‘lchangan. Kuzatuvlar natijasida
termoizoplet shaklida umumlashtirilgan. Tuproq ustki qatlamida harorat 15
0 S dan yuqori darajasi oktyabr oyining oxirida kuzatilsa, 450 sm
0
chuqurlikda fevral oyining o‘rtalarida kuzatiladi. 10 S ga teng bo‘lgan
harorat tuproq yuzasida noyabr oyining oxirlarida kuzatilsa, 250 sm
qatlamda aprel oyida etib kelishi aniqlangan. Dekabr oyining boshlarida
0
tuproq ustki qatlami haroratining 5 S gacha pasayishi kuzatilgan, erta
216