Page 217 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 217
0
Bu harorat 100 sm chuqurlikka borib 11,5 S gacha pasayishi
kuzatiladi. Eng minimal harorat esa aprel oyida aniqlandi va bu
0
ko‘rsatkich butun tuproq grunti bo‘ylab 2,3 dan 1,7 S oralig‘ida o‘zgarib
turishi kuzatildi.
Tuproq haroratining sutkalik amplitudasi tuproq grunti bo‘ylab
chuqurlashgan sari keskin pasayib borishi kuzatildi va 50 sm chuqurlikka
borib tuproq harorati 0 S ga teng bo‘ldi.
0
Shunday qilib, uzoq vegetatsiya davriga ega bo‘lgan o‘tsimon va
yog‘ochsimon o‘simlik qoplami tuproqning yuza qatlamini quyosh nuridan
kuchli isib ketishidan, issiqlikni tarqalib ketish yo‘li bilan yo‘qotilishidan
himoya qiladi hamda butun sutka va vegetatsiya davomida issiqlikni
tushishi va sarflanishini tenglashtirish orqali boshqa qiyaliklarning issiqlik
rejimidan keskin farqlanuvchi issiqlik rejimini shakllanishiga sabab
bo‘ladi.
Tog‘ jigarrang karbonatli tuproqlarning issiqlik rejimi. Tadqiqot
olib borilgan erlar dengiz sathidan 2000 m balandlikda qiyalikning
shimoli-sharqiy ekspozitsiyasida joylashgan bo‘lib, nishabligi 12-23
0
oralig‘ida.
Qiyalikning yuqori qismi ikki tomondan tik jarlikdan iborat.
O‘simlik qoplami esa archa va o‘tsimon o‘simliklardan tashkil topgan.
40-jadval
Turli chuqurliklardagi tuproq haroratining maksimal, minimal
miqdori va sutkalik amplitudasi (1968-1970 yillar bo‘yicha o‘rtacha
miqdori, shimoliy qiyalik)
CHuqurlik, Oylar Aprel May Iyun Iyul Avgust Sentyabr
sm
0 maksimum 9,2 10,2 16,4 18,2 20,0 11,2
minimum 2,5 4,8 10,2 12,3 13,0 7,8
amplituda 6,7 5,4 6,2 5,9 7,0 3,4
5 maksimum 4,5 8,3 13,7 15,9 16,2 9,5
minimum 2,0 5,4 10,1 12,3 12,8 7,7
amplituda 2,5 2,9 3,6 3,6 3,4 1,8
10 maksimum 3,6 7,8 13,0 15,1 15,5 9,7
minimum 2,3 5,6 10,3 12,3 13,0 8,0
amplituda 1,3 2,2 2,7 2,8 2,5 1,7
15 maksimum 3,9 7,9 12,6 14,5 15,2 9,7
minimum 2,5 6,0 10,1 12,3 13,0 8,6
amplituda 1,4 1,9 2,5 2,3 2,2 1,1
20 maksimum 2,7 7,3 12,1 13,9 14,6 9,8
minimum 1,7 6,0 10,3 12,5 13,0 9,1
212