Page 212 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 212
Tog‘ sharoitida radiatsiya balansining kattaligi qiyalikning nishabligi
va ekspozitsiyasiga, shuningdek, o‘tsimon va ayniqsa, daraxtsimon
o‘simlik qoplamiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Turli qiyalik
ekspozitsiyalarida quyosh radiatsiyasining tushish tezligi turlicha bo‘ladi,
bu o‘z navbatida turlicha atmosfera iqlimini shakllanishiga sabab bo‘ladi
va bunga bog‘liq holda tuproq iqlimi shakllanadi.
Umuman daraxtsimon o‘simlik qoplami mavjud bo‘lmagan to‘q tusli
bo‘z tuproqlar sharoitida faol yuzaning issiqlik balansi o‘ziga xos
xususiyatlarga ega bo‘ladi. Bu borada 37-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar
ushbu holatni tasdiqlamoqda, ya’ni jadvaldagi natijalardan quyosh
radiatsiyasining tushish tezligi qiyalik ekspozitsiyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘liqligini ko‘rishimiz mumkin.
I.Turapov, A.Sultonov (2012) lar tomonidan olingan ma’lumotlarga
ko‘ra, radiatsiya balansi tog‘ jigarrang tuproqlarning suvayirg‘ichida –
2
248, shimoliy qiyalikda – 63 kal/sm kunni tashkil etadi.
To‘q tusli bo‘z tuproqlarning suv ayirg‘ichida radiatsiya balansi –
2
315 kal/sm kunni tashkil etadi, ya’ni bu ko‘rsatkich tog‘ jigarrang
tuproqlarning R dan ortiqligini ko‘rsatadi.
37-jadval
Tog‘ tuproqlari sharoitida faol yuzaning issiqlik balansi xususiyatlari
Tuproq va qiyalik Radiatsiya balansi (R) Tuproqqa tushadigan R ga
ekspozitsiyasi issiqlik oqimi (Q) nisbatan Q
2
2
kal/sm butun kal/sm butun qiymati, %
kun davrdagi kun davrdagi
yig‘indisi yig‘indisi
Tog‘ jigarrang karbonatli
tuproq, suvayirg‘ich 248 37295 25 3729 10
Tog‘ jigarrang
ishqorsizlangan tuproq,
qiyalikning shimoliy 63 9403 3 513 5,4
ekspozitsiyasi
To‘q tusli bo‘z tuproq, 315 49381 21 3157 6,4
qo‘riq
To‘q tusli bo‘z tuproq, 315 49381 28 4549 9,2
lalmi
Xuddi shunday qonuniyat tuproqqa issiqlik oqimining tushishida
ham kuzatilgan. Uning miqdori tog‘ jigarrang tuproqlari sharoitida
2
suvayirg‘ichda – 25, shimoliy qiyalikda – 3 kal/sm kunni tashkil etadi.
207