Page 213 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 213
Tuproqqa tushayotgan issiqlik oqimining kattaligi qo‘riq to‘q tusli
2
bo‘z tuproqlarda – 21 kal/sm kunni, lalmi to‘q tusli bo‘z tuproqlarda esa –
2
28 kal/sm kunni tashkil etadi.
Tog‘ jigarrang tuproqlari sharoitida tuproqlarning issiqlik oqimining
umumiy yig‘indisi suvayirg‘ichda – radiatsiya balansining umumiy
yig‘indisining 10 % ini, shimoliy qiyalik 5,4 % ni tashkil etadi.
Qo‘riq tuproqlar sharoitida tuproq issiqlik oqimining umumiy
yig‘indisi radiatsiya balansining 6,4 % ni, lalmi tuproqlarda esa 9,2 % ni
tashkil etadi. Shunday qilib, tog‘ jigarrang va to‘q tusli bo‘z tuproqlar
sharoitida qiyalik ekspozitsiyasidan qat’iy nazar radiatsiya balansining
uncha ko‘p bo‘lmagan qismi tuproqni isitishga sarflanadi. Ta’kidlash
joizki, bo‘z tuproqlar mintaqasining sug‘oriladigan hududlarida tuproqqa
tushayotgan issiqlik oqimi radiatsiya balansi miqdorining 20-30 % ini,
qo‘riq erlarda esa 40 % ini tashkil etadi.
Tog‘li hududlarda tekislikka nisbatan tuproqqa tushayotgan issiqlik
oqimining kam miqdorda bo‘lishi, tog‘lardagi tarqalgan radiatsiya
qiymatining kam miqdorda bo‘lishi va shuningdek, u erdagi atmosferaning
juda tiniqligi bilan bog‘liqdir.
Issiqlik balansining sutkalik o‘zgarishiga qiyalik ekspozitsiyasi
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi (38-jadval va 30, 31-rasm).
38-jadval
Tog‘ jigarrang va to‘q tusli bo‘z tuproqlarning turli qiyalik
ekspozitsiyasiga tushayotgan issiqlik oqimi (Q) va radiatsiya
2
balansining (R) sutkalik o‘zgarishi, kal/sm soat
Vaqt, soat Tog‘ jigarrang tuproq To‘q tusli bo‘z tuproq,
suvayirg‘ich
suvayirg‘ich shimoliy qiyalik R Q
R Q R Q
6-7 -6,2 -0,98 -1,8 -0,23 -4,6 -1,10
8-9 9,4 -0,35 3,9 -0,04 10,8 -0,04
10-11 23,4 2,94 10,6 0,19 32,5 1,4
12-13 31,9 3,73 9,6 0,29 38,4 2,7
14-15 29,7 3,43 8,7 0,36 40,5 3,1
16-17 26,6 1,73 5,5 0,46 25,8 2,3
18-19 4,4 0,60 -1,1 0,35 7,0 1,2
20-21 -5,4 0,15 -2,5 0,06 -6,8 0,07
22-23 -6,6 -1,12 -2,7 -0,26 -8,6 0,80
Ushbu ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, tog‘ sharoitida deyarli bir
xil vaqt oralig‘ida radiatsiya balansining qiymati qiyalik ekspozitsiyasi va
208