Page 218 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 218
amplituda 1,0 1,3 1,8 1,4 1,6 0,7
30 maksimum 2,2 7,0 11,4 13,0 13,8 10,5
minimum 1,9 5,9 10,3 12,5 13,2 9,5
amplituda 0,3 1,1 1,1 0,5 0,6 1,0
50 maksimum 2,2 6,5 10,4 12,1 13,1 10,6
minimum 2,0 5,5 9,6 12,1 13,1 10,6
amplituda 0,2 1,0 0,8 0,0 0,0 0,0
70 maksimum 1,3 5,7 9,8 11,0 12,2 10,9
minimum 1,3 5,7 9,8 11,0 12,2 10,9
amplituda 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0
100 maksimum 0,5 4,9 8,6 10,5 11,5 10,4
minimum 0,5 4,9 8,6 10,5 11,5 10,4
amplituda 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0
150 maksimum 1,7 3,8 7,4 9,0 10,2 10,4
minimum 1,7 3,8 7,4 9,0 10,2 10,4
amplituda 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0
200 Maksimum 1,5 3,4 7,2 8,8 9,4 9,8
minimum 1,5 3,4 7,2 8,8 9,4 9,8
amplituda 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0 0,0
Bu erda tuproqning isishi shimoliy qiyalikka nisbatan bir muncha
yaxshi (33-rasm).
33-rasmda keltirilgan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, ushbu qiyalik
yil sikli bo‘yicha tuproqning turli chuqurliklarida haroratning tarqalish
xarakteriga ko‘ra tuproq issiqlik rejimining mavsumiy – muzlaydigan
tipiga to‘g‘ri keladi. Haroratning ko‘tarilishi tuproq gruntining butun 0-
0
400 sm lik qatlam qalinligi faol haroratga (10 S dan yuqori) ega bo‘lgan
davrdan boshlanadi.
Maksimal haroratning chuqur qatlamlarga kirib borishini biroz
0
kechikishi tufayli, 10 S li izoliniya 400 sm chuqurlikka noyabrning
o‘rtalarida etib bordi. Taxminan oktyabr oyining o‘rtalaridan boshlab
tuproq yuza qatlamlarining muzlashi boshlanadi, qaysiki bu holat, odatda,
qor qoplami bo‘lmagan yoki kechki yomg‘ir, qor yog‘ib o‘tgandan so‘nggi
0
paytda, havo harorati 0 S dan past bo‘lganligi kuzatiladi. Tuproqning
muzlashi to‘rt oydan ko‘proq davom etadi.
0
Fevral oyida o‘rtacha oylik havo harorati -7 S ga teng bo‘lganligi
0
tuproqning 100 sm chuqurligida harorat 0 S ga teng bo‘ladi.
Martning oxiriga kelib tuproqning ustki qatlamlarini erishi
boshlanadi va havo haroratining keskin oshishi natijasida muzlagan qatlam
butunlay yo‘qoladi. Ustki qatlamlarning muzlashi chuqur qatlamlarning
issiqlik rejimiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi.
213

