Page 222 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 222
0
ko‘klamda esa tuproq yuzasi haroratining 5 S gacha ko‘tarilishi fevral
oyining o‘rtalarida boshlanishi kuzatilgan bo‘lsa, mart oyida bu
0
ko‘rsatkich 10 S dan oshganligi aniqlangan. Shunday qilib, tabiiy to‘q
0
tusli bo‘z tuproqlar shariotida 10 S dan yuqori bo‘lgan faol haroratlar
0
davri 240 kunni tashkil etsa, 10 S dan past bo‘lgan haroratlar davri 120
0
kundan oshmagan, shulardan 5 S dan past bo‘lgan davri 90 kunni tashkil
etgan.
0
Izlanishlar natijasida 5 S ga teng bo‘lgan tuproq harorati tuproq grunt
0
qatlamining 100 sm chuqurligigacha etib borganligi 0 S dan past bo‘lgan
harorat esa faqat yuqori qatlamlarda qisqa davr ichida shakllanishi
aniqlangan. Yuqorida har xil chuqurlikdagi tuproq haroratining o‘rtacha
ko‘p yillik o‘zgarish jarayonlarini tahlil qildik. Yuqori va past harorat
davrlariga ega bo‘lgan alohida yillarda tuproq issiqlik rejimini o‘ziga xos
xususiyatlariga ega va ular alohida yillik atmosfera iqlimi sharoitlari bilan
chambarchas bog‘liq. Bu holatni quyida keltirilgan rasmda kuzatishimiz
mumkin (34-rasm). Bu ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, qatlamlamlararo
harorat gradienti (farqi) pastga qarab keskin kamayishi kuzatiladi, eng
yuqori haroratlarning pastki qatlamlarga harakatida sezilarli darajada
kechikish kuzatiladi.
I.Turapov, A.Sultanovlar (2012) ma’lumotlariga ko‘ra, to‘q tusli bo‘z
0
tuproqlar sharoitida haroratning o‘zgarishi tuproqdagi faol haroratlar (10 S
dan yuqori) davrining uzoq davom etishi bilan xarakterlanadi (35-rasm).
34-rasm. Qo‘riq to‘q tusli bo‘z tuproqlarning harorat rejimi
(suvayirg‘ich, 1970-1972 yillar bo‘yicha o‘rtacha)
217