Page 224 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 224
Shunday qilib, platasimon suv ayirg‘ichlarning tepa qismidagi qo‘riq
va lalmi eroziyaga uchragan tuproqlar sharoitida faol haroratlar yig‘indisi
miqdori deyarli bir ekanligi aniqlandi. Ularning oylik miqdorlaridagi ba’zi
bir tafovutlar tabiiy haydalmagan va lalmi bo‘z tuproqlar ustki
qatlamlarining tuproq haroratining tarqalish jarayonlariga har xil ta’sir
qiladigan xususiyatlari bilan bog‘liqdir.
Faol haroratlar yig‘indisining eng kam miqdori janubiy qiyalik
tuproqlarida ekanligi aniqlandi. Bu hol ushbu qiyalik tuproqlari haydalma
osti qatlamlarida tuproqning issiqlik o‘tkazuvchanlik xossalariga salbiy
ta’sir ko‘rsatadigan qattiq karbonatli va gipsli qatlam mavjudligi bilan
bog‘liqdir.
To‘q tusli bo‘z tuproqlar sharoitida havoning faol haroratlar
0
0
yig‘indisi (10 C dan yuqori) 4509 C ni tashkil qilib, tuproq faol haroratlar
yig‘indisidan 200-250 C atrofida kamligi aniqlangan. SHuning uchun
0
tuproqning ko‘rsatkichlari 1 dan biroz yuqoriligi bilan xarakterlidir.
Haroratning er yuzida va uning qatlamlarida o‘zgarib turishi joyning
geografik kengligiga hamda yil fasllariga qarab o‘zgarib turadi.
SHuni qayd qilish kerakki, er qatlamida chuqurlikka borgan sari (har
0
33 metrda) harorat 1 C orta boradi. Lekin, bundan tashqari kunduzgi havo
harorati ta’sirida tuproqning ustki qatlamida o‘ziga xos harorat gradientlari
vujudga keladi. Masalan, yozda (iyulda) eng yuqori harorat tuproq
0
0
yuzasidan shimoliy zonada 10-12 C gacha, dasht zonalarida 40-50 C
0
0
gacha, cho‘lda 60-70 C gacha, sahro zonalarida esa 80-90 C gacha
ko‘tariladi. Bu issiqlikning bir qismi tuproqning quyi qatlamlarini isitishga
sarf bo‘ladi. Biroq, tuproq issiqlikni sust o‘tkazganligi tufayli, uning quyi
qatlami ustki qatlam haroratidan birmuncha past bo‘ladi. Harorat tuproq
qatlamlarida yil fasllarida, hattoki sutka davomida ham o‘zgarib turadi.
36-rasm to‘q tusli bo‘z tuproqlarning qatlamlarida harorat
o‘zgarishini ko‘rsatuvchi izopletlar keltirilgan.
Rasmda keltirilgan ma’lumotlar tuproq haroratining tashqi sharoit
hamda tuproqlarning geografik joylashishiga qarab o‘zgarishini aniq
ko‘rsatib beradi.
41-jadvalda to‘q tusli bo‘z tuproqlarning suv va issiqlik rejimlarining
asosiy ko‘rsatkichlari keltirilgan. Bunday ma’lumotlar tuproqlarni genetik
nuqtai nazardan baholash uchun muhim ko‘rsatkich hisoblanadi.
Haroratning doimiy o‘zgarib turishi tuproqda mavjud suv va oziq
elementlarining harakatlanishiga (ya’ni qatlamlararo siljishiga) sabab
bo‘ladi. Aniqrog‘i, tuproq qatlamlaridagi harorat gradienti tuproq suvining
219