Page 229 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 229

iyundan  25  avgustgacha  davom  etishi  kuzatilgan.  Yuvilib  to‘plangan
            tuproqlarda bunday harorat bor-yug‘i 0-5 smda kuzatiladi va davomiyligi

            bir oydan ko‘p vaqtga cho‘zilmaydi. Shunday qilib, kuzatish natijalariga
            ko‘ra,  faol  haroratlar  davrida  janubiy-g‘arbiy  qiyalikda  tarqalgan
            eroziyalangan  tuproqlar  profilining  suv  ayirg‘ich  va  yuvilib  to‘plangan

            tuproqlarga nisbatan kuchli isishi ma’lum bo‘ldi.
                   Ma’lumki,  (Dimo,  1964)  0,2  m  chuqurlikdagi  tuproq  haroratini
            o‘simlik  ildizi  rivojlanadigan  qatlamdagi  issiqlik  holatining  o‘rtacha

            ko‘rsatkichi sifatida qabul qilish mumkin. Masalan, agar shunday bo‘lsa,
            o‘rganilgan  tuproqlarning  bu  qatlamidagi  ushbu  ko‘rsatkich  bir-biridan
            ancha sezilarli darajada  farq qiladi (42-jadval).
                   0,2  m  chuqurlikdagi  tuproqning  o‘rtacha  yillik  harorati:  qo‘riq

            tuproqlarda  (suv  ayirg‘ich)  –  14,1;  lalmi  tuproqlarda  (suv  ayirg‘ich)  –
            17,0; janubiy-g‘arbiy qiyalik tuproqlarida  – 18,5 va jarlik tuproqlarida  –
                  0
            15,7 C  ga  teng  bo‘ldi.  Eng  sovuq  oyda  tuproq  harorati:  -  1,0;  2,2;  3,0;
                0
            3,1 C ga teng bo‘lgan.
                   Tipik  bo‘z  tuproqlar  sharoitida  0,2  m  chuqurlikdagi  tuproqlarning
                                                    0
            faol  haroratlar  yig‘indisi  (10 C  dan  yuqori)  havoning  faol  haroratlar
            yig‘indisiga  nisbatan  har  doim  yuqori,  demak  issiqlik  oqimi  tuproqdan

            havoga qarab yo‘naltirilgan.
            Tipik bo‘z tuproqlarning issiqlik rejimi eroziyaga uchramagan va yuvilib
                                                  0
            to‘plangan  tuproqlarda  10 C  ga  teng  bo‘lgan  harorat  300  sm
            chuqurlikkacha  janubiy  qiyalikda  esa  220  sm  gacha  yotib  borganligi
            aniqlandi.
                                            0
                   Yozgi davrlarda 30 C ga teng bo‘lgan harorat eroziyaga uchramagan
            va janubiy qiyalik tuproqlarning ustki (0-10 sm) qatlamida paydo bo‘lgan
            bo‘lsa,  yuvilib  to‘plangan  tuproqlarda  bunday  harorat  umuman
            uchramaydi.

                                                                                                 42-jadval
                Tipik bo‘z tuproqlar sharoitida 0,2 m chuqurlikdagi tuproqning va er usti
                        qatlamidagi havoning harorati (Ataxanov ma’lumoti, 1980 y)

             Eroziya-                      Harorat                       Haroratning    Faol haroratlar   Isish
              lanish    O‘rtacha yillik   Eng issiq oy   Eng sovuq oy       yillik         yig‘indisi    ko‘rsat-
             darajasi                                                    amplitudasi                      kichi
                         Tup-   Havo    Tup-    Havo    Tup-   Havo     Tup-   Havo-     Tup-   Havo-
                        roqda    -da    roqda    -da    roqda   -da    roqda     da     roqda     da
              Qo‘riq,
               suv-
             ayirg‘ich   14,1    14,0    27,7   27,5    -1,0    -4,8    28,7    32,3    4913     4827     1,02

              Lalmi,     17,0    14,0    29,7   27,5     2,0    -4,8    27,5    32,3    5267     4827     1,09

                                                            224
   224   225   226   227   228   229   230   231   232   233   234