Page 230 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 230
suv-
ayirg‘ich
Eroziya-
langan,
janubiy- 18,5 14,0 32,7 27,5 3,0 -4,8 29,7 32,3 5882 4827 1,22
g‘arbiy
qiyalik
YUvilib
to‘p- 15,7 14,0 28,2 27,5 31 -4,8 25,1 32,3 5169 4827 1,07
langan,
jarlik
0
25 C ga teng bo‘lgan tuproq harorati quyidagi chuqurliklargacha etib
borganligi aniqlangan:
yuvilib to‘plangan tuproq qatlamlarida 75 sm gacha;
eroziyaga uchramagan tuproqlarda 60 sm gacha;
janubiy qiyalikda 40 sm gacha.
0
20 S ga teng bo‘lgan harorat izoliniyasi tuproq-grunt qatlamlarining
har xil chuqurliklargacha etib borgani aniqlanadi:
eroziyaga uchramagan tuproqlarda - 210 sm;
yuvilib to‘plangan tuproqlarda - 195 sm;
janubiy qiyalikda - 160 sm.
SHunday qilib, janubiy qiyalik tuproqlarining harorati, ayniqsa
haydalma osti qatlamlari harorati boshqa sharoitlarga nisbatan pastligi
aniqlangan. Janubiy qiyalik tuproqlari haydalma osti qatlamlarida juda
ko‘p miqdorda karbonat SO2 va gips SO4 tuzlari to‘plangan va ular tuproq
zichligini oshib ketishiga olib kelgan va bunday sharoitda koeffitsientlari
past bo‘lishi isbotlangan. Bu esa hamma skeletli tuproqlarga xos
xususiyatlar ekanligi ham ma’lum.
Mulchalashning tuproq issiqlik rejimiga ta’siri
Tuproq iqlimini optimal darajaga olib keladigan agrotexnik
tadbirlardan biri mulchalashdir.
Bu tuproqning ustki qismini har xil materiallar bilan qoplashdir.
Mulchalashda tuproqning ustki va pastki qatlamlari orasida mavjud
bo‘lgan issiqlik, suv va moddalar almashinuvi keskin o‘zgaradi. Mulcha
sifatida o‘simlik qoldiqlaridan, maydalangan torf, go‘ng, chirindi, poxol,
yog‘och qirindisi, pichan, ko‘mir kukuni, shag‘al va boshqalardan
foydalanish mumkin.
225