Page 233 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 233
fasllarida bir xil qizdirmaydi. Binobarin, tuproq harorati sutka davomida
va mavsumga qarab har xil bo‘ladi. Tuproq haroratining maksimal miqdori
kunduzgi 13-14 soatlarga to‘g‘ri keladi, quyosh chiqish paytida esa tuproq
harorati minimal darajada bo‘ladi. Haroratning sutkalik o‘zgarib turishi,
asosan, tuproqning ustki (0-5 sm) qatlamida sodir bo‘lib, 40-50 sm va
undan chuqurroq gorizontlarda deyarli hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi.
Tuproq haroratining sutkalik o‘zgarishiga havoning ochiq yoki
bulutli bo‘lishi, yog‘in-sochin, shamol, shuningdek yer yuzasining
o‘simlik yoki qor bilan qoplanganligi ham katta ta’sir etadi. Shuning
uchun g‘o‘za ekilgan dalalardagi tuproqlarning har xil chuqurlikdagi
haroratining sutkalik o‘zgarishi g‘o‘za rivojlanishining turli fazalarida
turlicha bo‘ladi (39-rasm).
39 - rasmda g‘o‘za o‘sishining turli davrlariga qarab, tuproq
haroratining o‘zgarishi tasvirlangan; 1-chigit ekilgan payt va uning to‘la
unib chiqishi;
2-g‘o‘zaning to‘la unib chiqishi va shonalay boshlashi;
3-g‘o‘zaning shonalashi va gullay boshlashi;
4-g‘o‘zaning gullashi va ko‘saklarining ochilish davri;
5-ko‘sakning to‘la etilib yoppasiga ochilish davri.
Birinchi davrda tuproqning ustki va pastki qatlamlarining sutkalik
harorati ikkinchi davrdagiga nisbatan ancha past ekanligi ko‘rinib turibdi.
Bu hodisa aprel-may oylari ichida sezilarli darajada bo‘ladigan yog‘in-
sochinlarning miqdoriga bog‘liq. Yog‘in-sochin paytida havoning bulutli
bo‘lishi va tuproqdagi namgarchilikning oshishi tuproq haroratiga sezilarli
ta’sir ko‘rsatadi.
Uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi davrlarda tuproqning ustki va pastki
qatlamlaridagi sutkalik harorat, birinchi va, ayniqsa, ikkinchi davrlarga
nisbatan keskin pasayib ketishi kuzatiladi. Bu birinchidan g‘o‘zaning
to‘xtovsiz o‘sishi va rivojlanishi davrida tuproqning ustki qatlamlariga
tushadigan issiqlik miqdorining kamayib ketishi bo‘lsa, ikkinchidan shu
davrlar ichida g‘o‘zaning bir necha bor sug‘orilishidir. Sug‘orilgandan
so‘ng tuproq va o‘simliklar orqali bo‘ladigan bug‘lanish miqdori
ko‘payadi va nihoyat tuproq haroratining pasayishiga olib keladi.
Cho‘l zonasining tuproqlari, sug‘orila boshlangandan keyin ularning
issiqlik rejimi keskin o‘zgaradi. 23 iyun va 24 iyulda g‘o‘za sug‘orilganda
0-100 sm chuqurlikda ham tuproq haroratining keskin pasayishi kuzatiladi.
Tuproq qatlamining 150, 200 va 300 sm chuqurlikdagi harorati esa
sug‘orilgandan keyin deyarli o‘zgarmadi. Bunday hodisaning asosiy
228