Page 236 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 236

41-rasm. Tuproqning yuza qismidagi haroratni o‘lchash asbobi
                                               (“Termopauk” AFI)


                   Tuproqning solishtirma issiqlik sig‘imi, issiqlik zahiralarini hisoblash
            va tuproqning boshqa termik xossalarini o‘rganish uslublari V.I.Dimoning
            “Teplovoy rejim pochvы” degan ilmiy ishida o‘z izohini topgan.

                   Tuproq  haroratini  aniqlash  usullari.  Tuproq  yuzasining  kuzatish
            muddati  (biror  aniq  vaqt  payti)  dagi  haroratini  o‘lchash  uchun  muddatli
            termometr  TM-3,  tuproq  yuzasining  kuzatish  muddatlari  oralig‘idagi  eng
            yuqori  haroratini  o‘lchash  uchun  maksimal  termometr  TM-1,  tuproq

            yuzasining  kuzatish  muddatlari  oralig‘idagi  eng  past  haroratini  o‘lchash
            uchun  minimal  termometr  TM-2  lar  ishlatiladi.  Agrometeorologik
            o‘lchashlarda  eng  ko‘p  ishlatiladigan  termometr  muddatli  psixrometrik

            termometrlardir.  Barcha  suyuqlikli  termometrlar  kabi  psixrometrik
            termometr ham uchta asosiy qismdan: silindrik yoki sharsimon shakldagi
            shisha  rezervuar  va  unga  kavsharlangan  kapillyar  (ingichka)  kanali  bor
            shisha naycha (trubka) hamda bo‘limlarga taqsimlangan shkaladan tashkil

            topgan. Rezervuar va kapillyarning ma’lum qismi simob bilan to‘ldirilgan.
            Kapillyar nay va shkala shisha nay ichiga joylashtirilgan (42-rasm).

                   Simobli  termometrlar  harorat  o‘zgarganida  simob  hajmining
            o‘zgarishiga asoslanib ishlaydi. Bunday termometr yordamida ancha past,
            masalan - 38,9S dan past haroratni o‘lchash mumkin emas. CHunki, bu
            haroratda simob qotadi va termometr ishdan chiqadi.

                   Maksimal  termometr  simobli,  unda  sut  rangli  shishaga  shkala
            chizilgan  bo‘lib,  rezervuari  silindrik  yoki  sharsimon  bo‘ladi.  SHkalaning

            chegaralari -36C dan +51C gacha yoki -21C dan +71C gacha bo‘ladi.
            SHkaladagi 1 ta bo‘lim qiymati 0,5C ga teng.

                                                            231
   231   232   233   234   235   236   237   238   239   240   241