Page 239 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 239

VI-BOB. TUPROQNING ELEKTR O‘TKAZUVCHANLIGI


                     §6.1. Tuproqning elektr o‘tkazuvchanligi haqida tushuncha

                   Tuproqlarning  elektr  o‘tkazuvchanligi  Ω  deb  tadqiq  etilayotgan

            tuproq  uchastkasi  (qismi)ning  umumiy  elektr  qarshiligi  R  ga  teskari
                                                          1
            kattalikka aytiladi. Bu kattalik Ω =   ga teng bo‘lib Om ga teskari birlikda
                                                          R
            o‘lchanadi.
                   Tuproqlarning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi σ deb tuproq qismi
            uzunlik birligi (l = 1) ning va tuproq kesimining birlik yuzasi (S = 1) ning

                                                                                    1
            qarshiligi  ρ  ga  teskari  kattalikka  aytiladi,  ya’ni  σ     ga  teng  bo‘ladi.
                                                                                    
                                                    l
                                                                   1
            Bizga  ma’lum  bo‘lgan  R               va  σ     ifodalardan  σ  =               l  ifodani
                                                    S                                          RS
            topamiz.

                                                             –1
                                                       –1
                    SI  tizimida  σ  qiymati  om ·m   bilan  o‘lchanadi,  biroq  quyidagi
            o‘lchov birliklaridan ham foydalaniladi:
                                 –1
                           –1
                    a) om ·sm  ga teng bo‘lgan fizik birlik va
                    b) om ·m·mm  ga teng bo‘lgan texnik birlik.
                           –1
                                      –2
                    Solishtirma         elektr       o‘tkazuvchanlikning              (quyida        elektr
            o‘tkazuvchanlik  deb  nomlanadi)  mohiyati  shundaki,  tuproqning  tok
                                                                           3
            o‘tkazuvchanligini  tavsiflovchi  qiymat,  1  sm   tuproqning  yoki  1  m
                                                           2
            uzunlikdagi tuproq bo‘lagi va 1 mm  ko‘ndalang kesimi yuzasining teskari
            qarshiligiga  tengdir.  Texnik  va  fizik  birlik  bilan  solishtirma  elektr
                                                                                                            4
            o‘tkazuvchanlik o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud: bir texnik birlik σ=10
            fizik birlikka teng.
                   Tuproqlarning elektr o‘tkazuvchanligi tuproqning murakkab va juda
            ham  o‘zgaruvchan  xususiyatlaridan  hisoblanadi.  Uning  qiymati  ko‘pgina

            omillar  majmui,  ya’ni  namlik,  zichlik,  harorat,  tuproqning  kimyoviy-
            mineralogik  tarkibi,  mexanik  tarkibi,  strukturasi  va  ayniqsa,  tuproq
            eritmasining  xossasi  va  harakteriga  bog‘liqdir.  SHu  boisdan,  tuproqning

            elektr  o‘tkazuvchanligi  yoki  solishtirma  qarshiligi  tuproqning  boshqa
            xossalariga  nisbatan  keng  miqdorlarda  o‘zgarib  turadi.  Agar  tuproq
            zichligi  turli  tuproq  tiplarida  2-3  marta,  issiqlik  o‘tkazuvchanligi  5-10
            marta,  tovush  to‘lqinlarining  tarqalish  tezligi  10-12  marta  o‘zgarsa,

            tuproqning elektr o‘tkazuvchanligi esa turli tuproq tiplari va bir xil tipdagi
            tuproq  uchun  ham  uning  holatiga  bog‘liq  holda  million  va  o‘n  million
            martagacha o‘zgarishi mumkin.


                                                            234
   234   235   236   237   238   239   240   241   242   243   244