Page 244 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 244

σ(t)  o‘rta  va  yuqori  chastotalarda  bir  xildagi  tavsifga  ega  hisoblanadi.
            Shuningdek,  tuproqning  zichlashish  darajasi  ham  σ(t)  ko‘rinishdagi

            funksional  bog‘liqlikka  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatmaydi.  Zichlashish  omili
            chastota omili singari σ ning faqat mutloq qiymatlarigagina ta’sir qilishi
            qayd qilinadi. Ushbu ko‘rinishda, nisbatan yuqori zichlashish sharoitlarida

            σ  qiymati  o‘rta  radiochastotalarga  nisbatan  yuqori  radiochastotalar
            sharoitida past bo‘lishi kuzatiladi.
                    Haroratning  ortishi  bilan  σ  qiymatining  ortishi  ko‘rinishi

            ifodalanuvchi haroratning ta’siri shu bilan tushintiriladiki, bunda t qiymati
            ortishi bilan σ0 qiymati ortishi kuzatiladi, shuningdek σr qiymati ham asta –
            sekin  ortishi  relaksatsiya  vaqti  kamayishi  kuzatiladi.  σd  qiymatining
            kamligi sababli hisoblanishlarda uni hisobga olmaslik mumkin.


                § 6.3. Tuproq zarrachalarining shakli, umumiy g‘ovakligi va elektr
                                  o‘tkazuvchanlik o‘rtasidagi bog‘liqliklar


                    Kukunsimon  materiallarning,  jumladan  ushbu  ko‘rinishdagi
            tuproqlarning  elektr  o‘tkazuvchanlik  qiymatini  hisoblashda  ko‘p  sonli
            amalga  oshirilgan  tadqiqot  natijalari  asosida  ilgari  surilgan  g‘oyalar

            fiziklar – Maksvell va Relelarga tegishlidir (1873, 1892).
                    Maksvell  tomonidan  uzluksiz  muhitning  elektr  maydoni  ko‘rib
            chiqilgan bo‘lib, unda turli xil elektr ko‘rsatkichlarga  ega bo‘lgan sferik

            zarrachalar  joylashganligi  keltiriladi,  ushbu  zarrachalar  o‘zaro  bog‘liq
            bo‘lgan  holatda  xususiy  maydonni  yuzaga  keltiradi.  Bu  ko‘rinishdagi
            tizimda  umumiy  maydon  hisoblanishi  σ0  uzluksiz  muhit,  kiritma

            materiallar – σi, shuningdek muhitning foiz tarkibiy ulushi hajmi (V0) yoki
            zarrachalarning foiz tarkibiy ulushi hajmi (Vi) orqali elektr o‘tkazuvchanlik
            umumiy  elektr  qarshiligi  bilan  ifodalanishini  belgilovchi  formulani  olish

            imkonini beradi (V = Vi + V0 = 100%).
                    Ikki  faza  tizim  (kubsimon,  tetraedrik  va  boshqalar)  strukturasi
            ma’lum bir modellaridan kelib chiqqan holatda va Rele u yoki bu tizimlar
            zarrachalari  o‘rtasidagi  o‘zaro  bog‘lanish  sxemasidan  kelib  chiqib,

            berilgan  potensial  gradienti  qiymatida  elektr  tokining  kelib  chiqish
            yo‘llarini  ko‘rib  chiqqan.  Shuningdek,  u  σ  =  f  (σ0,  σi,  Vi)  tipidagi
            formulalarni keltirib chiqargan.

                    Navbatdagi         bosqichda         ushbu       formulalar        ko‘p       martalab
            takomillashtirilgan,  alohida  qismlari  bo‘yicha  rivojlantirilgan  va  natijada
            sementlar,  betonlar  kabi  turli  xildagi  ikki  fazali  aniq  bir  ob’ektlar,
            jumladan quruq holatdagi tuproqqa oid etarlicha darajada boy adabiyotlar

                                                            239
   239   240   241   242   243   244   245   246   247   248   249