Page 247 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 247
(1952) ikkita chegaraviy holatda berilgan σi/σ0 va σi/σ0 nisbatlari
0
uchun sferik shakldagi zarrachalar yig‘ilish tizimlarida Vi qiymatlarni aks
ettiruvchi jadval keltiriladi (44-jadvalga qarang).
44-jadval
Turli xil yig‘ilgan zarrachalarga ega tizimlar uchun hisoblangan Rele
(σR) va Maksvell (σM) qiymatlarini solishtirish natijalari
O‘ram Zarrachalarning hajmiy miqdori σM/σR
Kubsimon g‘ovak 0,524 0,923/1,36
Markazlashgan 0,68 0,928/1,11
Kubsimon zich 0,74 0,968/1,11
39-jadvaldan ko‘rish mumkinki, Rele va Maksvell tomonidan
keltirilgan nazariya aralashtirilgan zarrachalar katta miqdorda mavjud
bo‘lganda va qachonki, ular aralashtirilgan muhit elektr
o‘tkazuvchanligiga qaraganda so‘nggi keltirilgan holat bo‘yicha elektr
o‘tkazuvchanlik qiymati arzimas bo‘lgandagina o‘z ahamiyatiga ega
bo‘ladi. Ushbu vaziyatda material zarrachalarining elektr o‘tkazuvchanlik
qiymati yuqori bo‘lgan holatda har ikkala nazariya bo‘yicha σ qiymatlari
o‘rtasidagi farqlanishlar, ayniqsa kubsimon g‘ovak yig‘ilish sharoitida
36% gacha etishi kuzatiladi.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik sohasida model formulalardan foydalanish
rivojlangan bo‘lib, bu formulalar ikki fazali tizimlarda, jumladan
kukunsimon, yacheykali, donador, ya’ni dona – zarrachalari u yoki bu
sxema asosida joylashgan tizimlarda termik qarshilikni qarab chiqishga
asoslaniladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik va elektr o‘tkazuvchanlik
tenglamalaridagi o‘xshashlikdan rasmiy holatda foydalangan tarzda bu
ko‘rinishdagi hisoblashlarni to‘liq holatda elektr o‘tkazuvchanlik bo‘yicha
ham amalga oshirish mumkin. Bu ko‘rinishdagi hisoblashlarga yakuniy
holatdagi natijalarni keltiramiz.
1. 45-rasmda ko‘rsatilgan
sxemaga ikkita formula mos keladi.
45-rasm. Parallel plastinkalar
ko‘rinishida tuproq zarrachalarining
joylashishining qo‘pol holatdagi
modeli.
Bu erda a) tok perpendikulyar
holatda, b) tok parallel qavat bo‘yicha
242