Page 250 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 250
5. Nisbatan keng tarqalgan sxema quyidagi 50-rasmda keltirilgan. Bu
sxema bo‘yicha tuproq u yoki bu darajadagi zichlik qiymatlariga ega
bo‘lgan sharsimon qismlardan tashkil topgan deb, tasavvur qilinadi. Bunda
ikkita chegaraviy modelni ko‘rib chiqish qiziqarli hisoblanadi:
50-rasm. Donasimon materialning
g‘ovak va zich holatda joylashish
sxemasi.
a) g‘ovak yig‘ilish modeli –
donachalarning kubsimon ko‘rinishda
yig‘ilishi, bu tizim kichik qiymatdagi barqarorlikka ega bo‘lib, tarkibida
ko‘p miqdorda havo mavjudligi kuzatiladi (r = 47,64%);
b) zich holatdagi yig‘ilgan model – donachalarning tetraedrik
ko‘rinishda yig‘ilishi. Bu tizim etarlicha darajada barqaror bo‘lib, tarkibida
havo miqdori minimal darajadaligi kuzatiladi (r = 25,95%);
Birinchi model uchun issiqlik o‘tkazuvchanlik qiymati Nekrasov,
Shuman va Fos, Shmidt tomonidan hisoblab chiqilgan, ikkinchi model
bo‘yicha esa bu qiymatlar O.E.Vlasov (1941), B.N.Kaufman (1955),
V.Z.Bogomolov (1941), Nekrasov (1941) tomonidan hisoblangan.
Bu yerda: a) kubsimon ko‘rinishda joylashish, b) donachalarning
tetraedrik ko‘rinishda joylashtirilishi.
Elektr va issiqlik oqimlari strukturasida, issiqlik o‘tkazuvchanlik va
elektr o‘tkazuvchanlik koeffitsentlari bo‘yicha rasmiy o‘xshashliklar
mavjudligidan foydalangan holatda, issiqlik hodisalar sohasidan elektr
hodisalari sohasiga o‘tishni amalga oshiramiz. Bu holatda esa sferik
shakldagi zarrachalar radiusi bo‘yicha teng bo‘lgan g‘ovak yig‘ilishga ega
bo‘lgan tizim uchun σ qiymatini ifodalashda quyidagi tenglik amal qiladi:
5 , 1 9 , 0 ( ) p
σ = 1 ,
1 , 2 ( ) р 2
Shuningdek, zarrachalarning zich holatda yig‘ilgan vaziyati uchun
quyidagi tenglik qabul qilinadi (Nekrasov, 1941):
43 , 0 31p
σ = 3 ln .
2
p 26
Zarrachalarning hohlagan statistik taqsimlanishlari uchun quyidagi
tenglik amal qiladi [62]:
2
3 ( p ) 1 3 ( p ) 1 3 ( p ) 1 3 ( p ) 1
σ = 1 1 2 2 1 2 2 1 2 .
4 16 32
245