Page 254 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 254
1 2 3 0.
1 2 V 1 2 2 p 3 2 W
Bu yerda σ1, σ2, σ3 – tuproqning qattiq qismi elektr o‘tkazuvchanligi,
havo va namlikning elektr o‘tkazuvchanligini ifodalaydi, σ – nam
holatdagi tuproqning elektr o‘tkazuvchanligini ifodalaydi, V1 – qattiq
fazaning hajmiy tarkibi, r va W – tuproq g‘ovakligi va namligi qiymatlarini
ifodalaydi.
Bu formula W = f (R) bog‘lanishning sifat xususiyatlarini umumiy
ko‘rinishda tavsiflashda foydali bo‘lishi mumkin, chunki birinchidan
ushbu formuladan farq qiluvchi nisbatan samarali boshqa formulalar
mavjud emasligi, ikkinchidan ushbu ma’lum bir tuproqning kimyoviy –
mineralogik va mexanik tarkibini aks ettiruvchi koeffitsentlarga ega
emasligi bilan tavsiflanadi. Bu ko‘rinishdagi W = f (R) funksiyaning
alohida qismlar bo‘yicha tahlil qilinishlari faqat tajriba ma’lumotlari
asosida amalga oshirilishi mumkin. Shu sababli, bu ko‘rinishdagi
yo‘nalishda amalga oshirilgan turli xil tadqiqotlar natijalariga e’tibor
qaratamiz.
Bunda S.I.Dolgov tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda bir xil
0
xona harorati (21 C) sharoitida tuproq namunalari o‘rganilib ajoyib
natijalar olingan.
Bunda olingan natijalarda masalan, Azov oldi hududida tarqalgan
turli xil chuqurlikdagi qora tuproqlar namunalari tekshirilgan (51-rasm).
–2
Bunda keltirilgan natijalar asosidagi egri chiziqlar W = aR +b tipidagi
formula yaxshi holatda mos keladi, bu erda b – 15-17 qiymatidagi etarlicha
barqaror va kam o‘zgaruvchan qiymat hisoblanadi, a – aksincha holatda,
qatlamlar bo‘yicha 13 martagacha (0,26
dan 3,3 gacha) o‘zgarishga uchrashi
kuzatiluvchi qiymat hisoblanadi.
51-rasm. Azov hududidan, turli xil
chuqurliklardan olingan qora tuproq
o
namunalari uchun 21 S harorat
sharoitida namlik (W) qiymatlariga
bog‘liq tuproq qarshiligi qiymatlari.
1 - 24-34 sm (A2 gorizont), 2 - 48-58 sm (V
gorizont), 3 - 65-75 sm (V1 gorizont), 4 -
93-100 sm (V2 gorizont), 5 - 123-133 sm
(V2 gorizont)
249