Page 256 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 256
Bu ko‘rinishdagi ma’lumotlar so‘nggi vaqtlarda S.I.Dolgova,
L.P.Terenteva va ularning xamkasblari tomonidan olingan bo‘lib, bu
tadqiqotlarda umumiy ko‘rinishda 32 ta tip tuproqlar keng namlik
0
diapazoni sharoitida (4-40 %) va harorat diapazonida (–12...+35 C)
o‘rganilgan (Dolgov va boshqalar, 1964; Dolgov, 1948; Terenteva, 1964).
Muallif tomonidan ρ(W) egri chiziq o‘zgarishlari erkin suv qatlami
yuzaga keltiruvchi yaxshi o‘tkazuvchanlikka ega elektr zanjiri va mo‘ljal
olingan suv qatlami xosil qiluvchi yomon o‘tkazuvchanlikka ega zanjir
tavsiflari orqali belgilanadi. Navbatdagi tadqiqotlarda aniqlanishicha,
tuproq tarkibida namlik miqdori kamayishi bilan bog‘liq holatda ρ
qiymatining ortib borishi namlik qiymati sezilarli darajada bo‘lgan
sharoitlarda dag‘al dispers tuproqlarga nisbatan yupqa dispers tuproqlarda
keskin holatda aks etishi kuzatiladi, namlik darajasi kam holatlarda esa
aksincha manzara qayd etiladi.
Muz qatlamiga o‘tish natijasida tuproq qatlamining muzlashi faqat
erkin suv qatlami bo‘yicha amalga oshadi, muzlagan tuproq qatlamlarida
elektr o‘tkazuvchanlik xususiyati muzlamagan suv miqdori bilan
belgilanadi. Namlik darajasining kamayishi bilan o‘z navbatida erkin suv
ulushi muzlik ajralishida kamayib borishi qayd qilinadi, demak bu holat
tuproq qarshiligi qiymati kamayishini belgilab beradi.
A.A.Ananyan (1961) tomonidan keltirilgan fikrlarga binoan, egri
chiziqda ρ = f (R) qiymat o‘rni minimal holatda kuzatiladi, bu
namunalarning plastiklik xususiyatiga mos keladi, bunda elektr toki
o‘tishini susaytiruvchi muz qatlamining mavjud emasligi qayd qilinadi
(54-rasm).
54-rasm. Turli xil t sharoitlarida ρ = f(W) egri chiziqning ko‘rinishi.
o
Shuningdek, ρ (W) egri chizig‘ining 0 S harorat sharoitida sakrash
qiymatlari qayd qilinib, bu holatni o‘rganish qiziqarli hisoblanadi. Bu
251