Page 257 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 257
ko‘rinishdagi sakrash qiymatlari tuproq tarkibida erkin namlik miqdori
foiz qiymati qancha katta bo‘lsa, shuncha darajada yaqqol aks etishi
kuzatiladi (55-rasm).
Ushbu tadqiqotlarda aniqlangan, quyidagi empirik bog‘lanish
nisbatan qiziqarli hisoblanib, bunda harorat va namlik qiymatlarining
umumiylikda tuproqning om ga oid qarshiligi qiymatiga ta’siri ifodalanadi:
c
ρ = e ta+bt W .
Tajribalarda olingan sonli egri chiziqlarni qayta ishlash usullari a, b
va s uchun quyidagi mos keluvchi sonlar intervallarini beradi:
a = 10,5÷14,2, b = –0,025 ÷ 0,031, c = – 0,81÷1,41. a, b va s interval
tebranishlari turli xil tuproqlar o‘rganilganligi bilan izohlaniladi. Har bir
tuproq tipi ularning o‘zgarishlarida ichki uchta son bilan mos kelishi qayd
qilinadi.
ρ (W) funksiya uchun bosqichli bog‘lanish mavjudligi R.N.Torosyan
(1958) tadqiqotlari natijalarida tasdiqlangan bo‘lib, bu muallif tomonidan
issiqxona sharoitidagi tuproq tiplari o‘rganilgan. U tomonidan olingan
b
bog‘liqlik quyidagi ko‘rinishga ega hisoblanadi: W = aρ . Funksiya ρ (W)
egri chizig‘iga bir vaqtning o‘zida harorat omili ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatishi aniqlangan. Bunda ρ (t) va σ (t) o‘rtasidagi chiziqli tarzdagi
bog‘liqlik quyidagi formula yordamida ifodalanadi:
σ = σ0 1 (t t 0 )
Bu yerda α koeffitsent doimiy qiymat hisoblanmaydi, balki bu
qiymat tuproq namunasi zichligiga va birinchi navbatda namlikka bog‘liq
hisoblanadi. α qiymati W ning qiymati ortishi bilan oshib boradi, bunda
quyidagi tenglik asosida maksimal holatga erishiladi:
α = a + b c ,
W W 2
Bunda zichlik qiymati qancha yuqori bo‘lsa, α (W) egri chiziq
shunchalik darajada yuqori joylashishi qayd qilinadi. Ushbu o‘rinda,
barcha boshqa bog‘lanishlardan farqli ravishda, σ = f (W) to‘g‘ri chiziq
ko‘rinishida aks ettirilgan faqat Millard ishlari (1953) qayd qilib o‘tiladi.
§6.5. Tuproqning elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash usullari
Yuqorida ta’kidlanganidek, elektr o‘tkazuvchanlik ko‘proq
tuproqning boshqa fizik xususiyatlariga ko‘ra o‘lchash uslublariga
bog‘liqdir. O‘zgarmas tokni o‘lchashda qutblanish ta’sirini baholash
lozim. O‘zgaruvchan tokni o‘lchashda esa tok tebranishining turli
chastotalarini o‘lchash natijalariga ta’sirini aniqlashtirib olish talab etiladi.
252