Page 259 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 259
chekkalarida chuqurchalar bo‘lib, unga suyuq kontakt sifatida simob
solinadi. Idish to‘liq holatda ebonitli qopqoqqa ega bo‘lgan kristallizatorga
joylashtiriladi, undan tashqariga misdan yasalgan o‘tkazgichlar chiqariladi.
Biroq, suyuq kontaktlarning doimiyligi shubha tug‘diradi, bundan tashqari
simobning tuproqqa tarqalib ketishi ham xatardan holi emas.
Elektrod va tuproq o‘rtasidagi kontaktning o‘zgarishidagi xatolikni
bartaraf etish maqsadida Korkl (1931) Kolraush ko‘prigining oddiy
sxemasini, ya’ni ikkita elektrod o‘rniga to‘rtta elektrod qo‘shishni taklif
qildi. Keyingilari ko‘mirdan tayyorlangan bo‘lib, bitta liniyada bir-biridan
60 sm uzoqlikda tuproqqa joylashtiriladi. Qo‘shni elekrodlar 1-2, 2-3, 3-4,
shuningdek elektrodlar o‘rtasidagi qarshilikni o‘lchash orqali, ya’ni
tuproqning haqiqiy qarshiligiga mos keladigan elektrodlar tarkibiy qismi
sifatida har xil birikmalar Ri turli elektrodlar o‘rtasidagi o‘lchangan
qarshilik va tuproq yoki boshqa elektrodlar rn o‘rtasidagi kuchsiz
bog‘lanish natijasida qarshilik ortishi bo‘yicha muallif qator tenglamalar
tuzadi.
Masalan, 1-2 ikkita elektrodlar uchun quyidagicha tenglama tuzish
mumkin:
Ri= Rx + r1+ r2
bu yerda,
Ri – 1-2 elektrodlar o‘rtasidagi o‘lchangan qarshilik;
Rx – elektrodlar bilan ideal kontaktda bo‘lgandagi tuproqning
qarshiligi;
r1 va r2 – elektrodlarning tuproq bilan bog‘lanishining mukammal
bo‘lmasligi natijasida 1 va 2 elektrodlar qarshiligining ortishi.
Natijada tenglamalar tizimini tuzish va echishda bevosita o‘lchangan
Ri qiymatlari bo‘yicha rn qiymatini va Rx qiymatini hisoblash imkoni
tug‘iladi.
To‘rtta nuqta bo‘yicha olib boriladigan qarshilikni o‘lchash
kompensator orqali, ya’ni faol kuchlanishni U o‘lchash uchun pog‘onali
kompensatorga ega bo‘lgan, polyarizatsiya va induksiya kompensatori
bilan amalga oshiriladi. Bu usul geologiyada ρ ni qiymatini o‘lchashda
asosiy usullardan hisoblanadi.
Qurilmada ushbu vaziyatda ΔU qiymatini o‘lchash uchun xizmat
qiluvchi bosqichli kompensator ko‘rinishidagi qarshilik etaloni mavjudligi
sababli ushbu qurilma, shuningdek tok kuchini (I) ham o‘lchash imkonini
beradi. ρ ning haqiqiy qiymati quyidagi formula asosida hisoblab topiladi:
U
ρ = Km
I
254