Page 260 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 260

bu yerda,
                    Km – qurilma doimiysini ifodalaydi.

                    Bu  uslub  tog‘  jinslarining  elektrofizik  xossalarini  tadqiq  etishda
            asosiy  manba  hisoblanadi,  chunki  unda  zondlar  atrofidagi  maydonlar
            siqilishlardan mustasno bo‘ladi va elektrodlar hamda zondlardan o‘tuvchi

            qarshilikni  nolga  keltiradi,  lekin  shunga  qaramay  tuproq  bilan  olib
            boriladigan  laboratoriya  tajribalarida  qiyinchiliklar  tug‘diradi.  Gap
            shundaki,  tuproq  namunasini  yassi  shaklga  keltirish  mumkin  emas,

            shuningdek  yuza  va  hajm  bo‘ylab  o‘tkazuvchanlik  effektlarini  o‘zaro
            ajratish va bir qator boshqa holatlarni amalga oshirish qiyin hisoblanadi.
                   Tuproq  qarshiligini  o‘lchashning  eng  oddiy  yo‘llaridan  biri
            voltampermetr uslubi hisoblanadi. Ikkita yassi paralel yuzaga ega bo‘lgan

            tuproq  namunasi  yassi  qo‘rg‘oshinli  yoki  staniolli  elektrodlar  bilan
            qoplanadi va siqiladi (55-rasm).


                                                              55-rasm.         Tuproqning            elektr
                                                              o‘tkazuvchanligini o‘lchash uchun
                                                              tavsiya  qilingan  voltampermetr
                                                              usulining sxematik ko‘rinishi.


                                                                     Ketma-ket ravishda namunaga
                                                              sezuvchanlikni               variatsiyalash

                                                              maqsadida  bir  necha  shuntlar  bilan
            doimiy  energiya  manbasi  E  sifatida  150-200  v  milli  (mA)  yoki
            mikroampermetr  ulanadi.  Parellel  holda  namunaga  voltmetr  ham  (V)

            ulanadi. Solishtirma qarshilik quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

                                                         ρ =   US  ,
                                                               hI
                    bu yerda,
                    h – va S – namunaning qalinligi va yuza maydonini ifodalaydi.
                   Oxirgi  tenglikning  haqqoniyligi  faqatgina  taxminiydir,  chunki

            ampermetr va o‘tkazgichlardan o‘tayotgan qarshilik juda kam bo‘ladi.
                  Qurilma  sxemasida  tokning  yuza  bo‘ylab  oqishining  oldini  olish
            imkoniyatlari  ko‘rib  chiqilgan.  Buning  uchun  elektrodlardan  biriga

            stanioldan yoki qo‘rg‘oshindan yasalgan halqa zich holatda yopishtirilib,
            elektrod  yuzasi  bo‘ylab  oquvchi  tok  unga  o‘tishi  amalga  oshiriladi.
            Qurilma  bundan  tashqari  qutblanish  effektini  aniqlashga  ham

            moslashtirilgan.  U  bateriyani  o‘chirib  qo‘yish  va  faqatgina  qutblangan
            tokni kuzatish imkonini beradi. Batareya qo‘shilgan va o‘chirilgan holatda

                                                            255
   255   256   257   258   259   260   261   262   263   264   265