Page 258 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 258

Bundan tashqari, tuproqning elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchashda tuproqqa
            kirgiziladigan elektrodlar va tuproq o‘rtasidagi doimiy va ideal kontaktni

            ta’minlash zarurligiga bog‘liq bo‘lgan qator uslubiy jihatdan qiyinchiliklar
            yuzaga keladi.
                    Olib borilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, bu kontaktlar tuproqning

            qurishi,  namlanishi,  zichlanishi  va  bo‘kishi  kabi  jarayonlar  ta’sirida
            o‘zgarishi  mumkin.  Qolaversa,  elektr  o‘tkazuvchanlikni  o‘lchashda
            elektrodlarning  korroziyalanishi  (parchalanish,  oksidlanish)  jarayoniga

            duch  kelamiz.  Bundan  tashqari,  elektr  o‘tkazuvchanlik  bilan  bog‘liq
            o‘tkaziladigan  tadqiqodlar  davomida  tuproq  namunasi  termostatga
            qo‘yilishi yoki harorat effektini hisobga olish; tuproq namunasini namdan
            izolyasiya  qilish  yoki  namlik  ta’sirini  hisobga  olish;  tuproq  namunasini

            doimiy  zichlanishi  yoki  zichlikning  ta’sirini  va  boshqalarni  hisobga
            olishga to‘g‘ri keladi.
                    Tuproqning elektr o‘tkazuvchanligini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan

            ana  shunday  qator  muammolar  mavjud.  Ushbu  muammolarning
            murakkabligi          va     kengligi       elektr     o‘tkazuvchanlikni           o‘lchashga
            mo‘ljallangan  ko‘p  sonli  sxemalar  va  qurilmalarni  yaratilishiga  sabab
            bo‘ldi. Ularni mukammallashtirish hozirgi vaqtda ham to‘xtatilgani yo‘q.

                    Tuproqning elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchash uslublari boy tarixga
            ega.  Ilk  ishlardan  biri  L.Briggs  (1899)  tadqiqotlari  hisoblanadi.  U
            tomonidan  tavsiya  qilingan  asbobning  Kolraush  ko‘prigiga  o‘zgartirish

            kiritilgan.  Asbobning  originalligi  shundaki,  uni  tuproqqa  botirilganda
            kamerasini  va  haroratini  boshqarishga  moslashtirilganligidir.  Bu  uslub
            yanada takomillashtirishga muhtoj edi.

                    Chorak  asrdan  keyin  Girs  (1924)  yana  Kolraush  ko‘prigi  ustida
            ishladi.  Girs  ishining  yangiligi  elektrodlar  strukturasi  va  elektr
            o‘tkazuvchanlikni  baholash  usuli  bo‘lib  hisoblanadi.  Elektrodlardan  biri

            o‘zi  bilan  diametri  40  sm  bo‘lgan  po‘lat  quvurga  ega.  Uning  o‘rtasida
            ikkinchi elektrod bo‘lib xizmat qiluvchi igna joylashtirilgan. Igna quvurga
            o‘rnatilgan ebonitli tiqin orasidan o‘tadi. Tiqin silindrning pastki qismidan
            4  sm  uzoqlikda  o‘rnatilgan,  silindr  esa  tuproqqa  joylashtirilgan.

            Qarshilikni o‘lchash o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tokda amalga oshiriladi,
            barcha  fikr-mulohazalar,  o‘zgarmas  va  o‘zgaruvchan  tokka  mutanosib
            ravishda  olingan  qarshilikning  ikki  ahamiyatini  ifodalovchi  nisbiy  elektr

            o‘tkazuvchanlik  atrofida  boradi.  Afsuski,  asbobni  yaratish  ishlari
            oxirigacha etkazilmadi.
                  1925  yilda  V.Geyns  (1925)  tuproq  bilan  to‘ldiriladigan
            to‘g‘riburchak  idish  ko‘rinishidagi  asbobni  tavsiya  qildi.  Idishning

                                                            253
   253   254   255   256   257   258   259   260   261   262   263