Page 261 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 261
milliampermetr bo‘yicha tokni ikki marta hisoblash o‘lchanayotgan ρ ning
qiymatiga qutblanish hodisalarining ta’sirini yo‘qotish imkonini beradi.
Absolyut imkoniyatlardan tashqari ρ ning nisbiy qiymatini o‘lchash
etalon namuna ρ0 o‘tkazuvchanligi bilan solishtirishga olib keladi. Etalon
ρ0 va tuproq namunasi ρ1 batareya kuchlanishiga E ketma-ket ulanadi.
O‘lchanayotgan kuchlanish U namunaga zich joylashtirilgan halqali
zondlar orqali olinadi, kondensatorga S beriladi, so‘ngra kalit yordamida
ballistik (erkin otilgan jism traektoriyasi
bo‘yicha ishlaydigan) galvanometrga G
uzatiladi. Etalondagi U0 kuchlanishning
pasayishi yuqoridagilarga o‘xshash tarzida
o‘lchanadi (56-rasm).
56-rasm. Solishtirishni etalon
usulining sxematik ko‘rinishi.
Galvanometrning ikkita qiymati – namuna β1 va etalon β1
holatlardagi nisbatlari quyidagi formula asosida hisoblanadi:
β10 = 1 U 1 1 l 1 S 0
U l S
0 0 0 0 1
Tuproq qarshiligini o‘lchashning keng tarqalgan usuli bitta yoki bir
nechta elkalar sifatidagi elektron lampalar bilan birgalikdagi ko‘prik
sxemasi hisoblanadi. Bu ko‘rinishdagi
sxemalardan biri quyidagi 57-rasmda
keltirilgan.
57-rasm. Elektron lampali ko‘prikning
tamoyil jihatidan sxematik ko‘rinishi.
Asosiy ko‘prikka (II) no’malum
qarshilik sifatida Rx tuproq namunasiga
ulangan. Uning boshqa bir elkasi
o‘zgaruvchan qarshilik hisoblanib, qo‘shib –
ajratuvchi (I – R) yordamida tizimni muvozanat holatiga keltirish
vazifasini bajaradi.
II ko‘prik elkasiga I ko‘prik ulangan, u o‘z navbatida triodning (L)
bitta elkasi sifatida o‘rin tutadi, to‘r o‘lchovchi diagonal ko‘prikka
ulangan. Namunalarning elektr qarshiligini o‘lchashning murakkabligi
tuproq namligini keng oraliqda o‘zgarib turishi va R (W) yoki ρ (W)
256