Page 266 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 266

potensiometr  (R1)  yordamida  nol  holati  o‘rnatilib,  elektr  tokining
            yo‘nalishini  o‘zgartiruvchi  qurilmaning  2  holatida  esa  Rx  bo‘yicha  qisqa

            tutashuv  amalga  oshadi  (Rx              0)  va  milliampermetr  (mA)  qurilmasi
            strelkasi  to‘liq  holatdagi  og‘ishni  ko‘rsatadi  (bunda  R2  potensiometr
            yordamida  L2  lampaning  ekranlanuvchi  to‘ri  kuchlanish  qiymati

            o‘lchanadi).  V2  –  R8  –  R1  zanjir  chiqish  kasakadining  tok  kompensatori
            vazifasini bajaradi (62-rasm).
                   Bunda  kuchaytirgich  shunday  holatda  o‘rnatiladiki,  ya’ni  II  kaskad

            lampasi  I  kaskadning  katod  yuklamasi  R4  qarshiligi  bilan  bog‘lanadi.
            Nisbatan  ko‘pincha  holatlarda  lampali  muvozatlantiriluvchi  doimiy  tok
            kuchaytirgichi  asosidagi  ko‘p  oraliqli  megaommetr  ko‘prikli  sxemasidan
            foydalaniladi (Berliner, 1960).

                    Lampali  voltmetrning  kirish  sohasida  darajalarga  bo‘lingan
            qarshiliklar  yig‘indisi  mavjud  hisoblanadi.  O‘lchanayotgan  Rx  qarshilik
            bitta  yoki  bir  nechta  qarshiliklarga  ulanib,  om  ga  oid  bo‘luvchi  hosil

            qilinadi,  u  doimiy  tok  manbaiga  ulanadi.  Hisoblashlar  esa  quyidagi
            formula asosida bajariladi:

                                                    Rx = R0      U вк   ,
                                                               U   U вк
                                                                o
                    Bu  yerda,  Uo  –  voltmetrdagi  oraliq  kuchlanish  ko‘rsatkichi,  Uvk  –

            voltmetr kirish qismiga beriluvchi kuchlanish, R0 – Rx qarshilikka doimiy
            va ketma – ketlikda ulangan qarshilik qiymatini ifodalaydi.
                    Lampali  megaommetrning  sxemasiga  misol  63-rasmda  keltirilgan.

            Tok manbai transformator (Tr) orqali, filtrga ega lampali rostlovchi (L4),
            stabilizatronlar  (L2  va  L3)  va  baretter  (L4)  orqali  beriladi.  Doimiy  tok
            kuchaytirgichi  katodli  yuklamaga  ega  bo‘lgan  qo‘sh  holatdagi  L1  triod

            ko‘prik sxemasi asosida yig‘ilgan. Mikroampermetr (IP) L1 lampalarning
            har  ikkala  tomonidan  katodlar  oralig‘iga  o‘rnatilgan.  Qurilmani  nol
            holatga  o‘rnatish  R15  –  R16  –  R17  –  R18  bo‘luvchi  bilan  triod  to‘riga

            beriluvchi  kuchlanish  orqali  boshqariladi.  R12  –  R13  –  S17  filtr
            kuchaytirgichni  shovqindan  himoya  qilish  vazifasini  bajaradi.  Kirish
            holatidagi bo‘luvchi noma’lum  Rx dan tashkil topgan bo‘lib, shuningdek
            o‘lchanayotgan qarshilik diapazonining u yoki bu sohasi tarkibiga kiruvchi

            bir qator etalon holatidagi qarshiliklar (R1, R2, R3, R4, R5, R6) yig‘indisidan
            iboratligi  qayd  qilinadi.  Bo‘luvchining  tok  bilan  ta’minlanishi  L3  lampa
            orqali barqarorlashtiriladi.

                   Tavsiflangan  va  shunga  o‘xshash  doimiy  tok  asosidagi  lampali
            muvozanatlashtiriluvchi  kuchaytirgich  tamoyili  bo‘yicha  tuzilgan  boshqa
            sxemalarning  ustunlik  jihatlari  shundaki,  bunda  kuchsiz  nol  dreyfi

                                                            261
   261   262   263   264   265   266   267   268   269   270   271