Page 271 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 271
ulangan, ishonchli holatdagi haroratning termostat yordamida
ta’minlanishi esa elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchash davomida etarlicha
darajada aniq natijalarni olishni ta’minlaydi.
Yuqorida keltirilgan barcha usullar «yalang‘och» elektrodlarning
tuproqqa bilan bevosita kontakti uchun mo‘ljallangan. 1940 yilgacha
bo‘lgan davr mobaynida tuproqshunoslik yo‘nalishida yagona hisoblangan
usul asosida ushbu usulning turli xildagi modifikatsiyalari va variantlari
ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda elektrodlarni takomillashtirish, ularning
tuproq bilan kontakt xususiyatlarini yaxshilash va shu kabi yo‘nalishlarda
ishlanmalar amalga oshirilgan. Bu ko‘rinishdagi tadqiqot ishlariga misol
sifatida Kolraush ko‘prigi asos qilib olingan quyidagi mualliflar ishlarini
keltirib o‘tish mumkin:
a) Nizenkova tadqiqotlarida (1932) ushbu maqsadlarda burama mix
(shurup) shakli ko‘rinishidagi va bir vaqtning o‘zida qazish (burg‘ulash)
vazifasini bajaruvchi elektrod taklif qilingan, bunda qurilmaning ikkinchi
elektrodi yuza qism bo‘ylab erga ulanishi amalga oshiriladi;
b) T.L.Rivkind va A.P.Bajenovalar tomonidan amalga oshirilgan
tadqiqotlarda (1936) Kolraush ko‘prigi yordamida o‘zgaruvchan tok
sharoitida elektr o‘tkazuvchanlikni aniqlash va elektrodlar va tuproq
o‘rtasida mustahkam bog‘lanishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi,
jumladan bunda maxsus ko‘rinishda joylashtirilgan stakandan foydalanilib,
unga o‘rganilayotgan tuproq namunasi joylashtiriladi, shuningdek bu
ishlarda tuproqning elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatini o‘lchash davomida
harorat o‘zgarishlari hisobga olinishi lozim bo‘ladi;
v) G.K.Davidov tomonidan amalga oshirilgan ishlarda (1936),
yuqorida tavsiflangan ko‘rinishdagi stakan kompakt kamera ko‘rinishida
3
to‘ldirilib, hajmi 500 sm ga teng bo‘lgan shishadan yasalgan stakandan
foydalanilgan va unga tuproq namunasi joylashtirilib, elektrodlar
tushirilgan;
g) S.I.Dolgov tadqiqotlarida (1937) turli xil – yassi va silindrsimon
ko‘rinishdagi elektrodlar turli xil materiallar (toshko‘mir, latun, nikel va
hakozo) bilan to‘ldirilgan holatda sinovlarda tekshirib ko‘rilgan va
natijalar solishtirma tahlil qilingan.
1940 yilda tuproq elektr o‘tkazuvchanligini o‘lchashda gipsli bloklar
deb nomlanuvchi yangi usul (Boujoucas, Mick, 1940) ishlab chiqilgan
bo‘lib, yuqorida keltirilgan ko‘pgina uslubiy qiyinchiliklar hal etilgan.
Ushbu usulning asosiy g‘oyasi shundaki, bunda elektrodlar oralig‘ida
elektr qarshilik emas, balki tuproq bilan o‘ralgan namlikning almashinish
holatidagi ba’zi oraliq muhitdagi qarshiliklar o‘lchanadi. Bunda
266