Page 276 - QODIROVA D. ТУПРОҚ ФИЗИКАСИ elektron darslik
P. 276
sharoitida berilgan tuproq namliklari intervalini o‘zgarishlari va tuproq
haroratining o‘zgarishlarini hisobga olgan holda hisoblanadi. Bunda dala
sharoitidagiga yaqin sharoit yaratilib, jumladan tegishli tabiiy sharoitga
mos keluvchi holatda suvda tuproq eritmasi hosil qilinadi. Datchiklarni
tuproqqa botirish kuz faslida amalga oshiriladi, ularni tekshirib turish esa
mavsum davomida 2-3 marta davriy holatda amalga oshiriladi.
Danilin tomonidan ko‘mirdan yasalgan datchiklar Rossiya
mintaqasida Nemchinova, Valday, Ximka hududlarida tuproqning 100 sm
chuqurlikdagi kesimi bo‘ylab joylashtirilib tuproq qarshiligi qiymatini
o‘lchash bo‘yicha ko‘p martalik tajribalar amalga oshirilgan.
Tuproqlarning solishtirma qarshiligi qiymatini o‘lchash uslubi sohasida
uslubiy ishlar turli xil yo‘nalishlarda amalga oshiriladi, jumladan bu
ko‘rinishdagi tadqiqotlar deyarli barcha mamlakatlarda bajariladi. Bunda
tuproqlarning om ga oid qarshiligini o‘lchashda doimiy tokdan
foydalangan holatda ish olib borishda qutblanish jarayonlari
xususiyatlarini o‘rganish yuzasidan bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan
(Babushkin, 1961).
Turli xil elektrodlar, jumladan platinadan yasalgan, elektrodlar
sinovdan o‘tkazilgan, shuningdek tok kuchining turli xil qiymatlari (100
mkA qiymatida) sinab ko‘rilgan. O‘zgaruvchan tok sharoitida ham
qutblanish jarayonining ta’sir xususiyatlari o‘rganilgan. Aniqlanishicha,
elektrodlarning qutblanish jarayoni bir qator omillarga bog‘liq hisoblanadi,
jumladan ko‘rsatilishicha, qutblanish darajasi qiymati qancha katta bo‘lsa,
tuproqning namlik darajasi shuncha kichik qiymatda bo‘lishi qayd qilinadi.
Quyidagi uslubiy masalalarga ham alohida katta e’tibor qaratiladi,
ya’ni tuproqning omga oid qarshilik qiymatini o‘lchash davomida tuproq
zarrachalari o‘rtasidagi bog‘lanish qarshiligini yo‘qotish sharoitlarini
qanday yaratish mumkin va shuningdek o‘lchash natijalari qiymatlari bilan
kukunsimon namunalar presslanishi usullari o‘rtasidagi bog‘lanishlarni
aniqlash katta qiziqish o‘yg‘otadi (Pashek, 1958).
Ushbu o‘rinda qayd qilib o‘tish kerakki, bir qator holatlarda ham
tuproq zarrachalarining g‘adir – budurligi, tuproq tarkibidagi changsimon
fraksiya miqdorini, tuproqning granulometrik tarkibini, tuproqning doimiy
ravishda zichlashish usullari yoki namunaning majburiy ravishda
zichlashish holatlarini hisobga olish talab qilinadi. Ko‘pgina hollarda
aynan so‘nggi usulda tuproq namunasini su’niy ravishdagi siqish
qo‘llaniladi, bunda bosim qiymatini birmuncha darajada o‘zgartirish orqali
bosim R o‘zgarishlarining elektr qarshilik R qiymatiga ta’siri yo‘qotilishi
amalga oshiriladi. Afsuski, R (R) funksiyaning bog‘liqmasligi ko‘pgina
271